5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Tafakkur va uning mohiyati. Inson hamisha nimalar haqidadir o‘ylaydi. O‘ysiz holat 
ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech narsa haqida o‘ylamaslikni o‘ylash 
holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi a’zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy 
tafakkur sari olib boradi. Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini 
izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada yangi 
natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo‘yish va ularni echishga qaratilgan faol 
jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga o‘tish zamirida 
bilish ob’ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo‘linishi yotadi. 
Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar 
go‘zal bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi.
Narsalardagi umumiylik – avvalo, muhim xossalar va munosabatlar majmuidir. 
Ma’lumki, ular ayrim predmet kabi aniq ko‘rinib turmaydi, ularni bevosita idrok etish mumkin 
emas. Narsa, hodisalarning tashqi tomoni asosan amalda kuzatish, empirik bilish yo‘li bilan, 
narsalarning mohiyati, umumiy jihatlari esa – tushunchalar, mantiqiy fikrlash yordamida 
aniqlanadi. Fikrlashda, tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo‘lmaydi. Biz idrok 
etishga qodir bo‘lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin.
Mantiqiy tafakkur – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq bir 
haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari, qonunlari fan 


sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan 
xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob’ektiv munosabatlarini amaliyot asosida 
umumlashtirish. Demak inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob’ektiv borliq 
mazmuniga qay darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar 
mantiqi va ma’naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantiqiga bo‘ysunadi. Tafakkur 
jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixi shakllanadi. Asosiy 
qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida 
aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning 
biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan muammolarning 
murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika 
texnikasining juda o‘sgan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim 
ehtiyoj mantiqda yangi yo‘nalishlar – ko‘p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy 
fanlarning paydo bo‘lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va 
matematik mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ob’ektiv borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o‘ziga xos «narsalar 
mantig‘i», ob’ektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar 
aloqasi ko‘rinishida aks etadi – bu sub’ekt mantig‘i tafakkur mantig‘i. Fikrlarimizning 
mantiqiyligi shu bilan belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog‘langan bo‘lsa, 
shunday bog‘laymiz. Hamonki borliq dialektika qonunlariga bo‘ysunar ekan, inson tafakkurining 
mantig‘i ham shu qonunlarga bo‘ysunishi lozim.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin