Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog‘liq: ularni echish
yo‘li bilan
ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni echish, kuzatish va eksperimentlar o‘tkazish
tartibi aniqlanadi, mo‘ljallanayotgan konseptual protseduralar belgilanadi va h.k.
Baholash bilan bog‘liq muammolar empirik ma’lumotlar, gipotezalar, nazariyalar va
shu kabilarni baholash, hatto muammoning o‘zi qay darajada to‘g‘ri tuzilgan va ta’riflanganligini
baholashni nazarda tutadi. Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun:
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy
bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi;
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi;
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi;
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi;
5) echimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi;
6) maqbul echim belgilari hamda echimning maqbulligini tekshirish
usullari haqidagi
shartlar qabul qilinishi lozim.
SHunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z echimini
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida echilmay
qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida echilmay kelgan), ayrim
muammolar o‘z echimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi,
burchak triseksiyasi va
kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan
avlodlari diqqat markazidan butunlay yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: