tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum
usullar tizimi
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari,
uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini
o‘rganadi. SHuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat
va bilim mezonlarining
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni
aniq vazifani bajarishga,
faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt,
kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan
iborat. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri
baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish,
uni barcha
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya),
deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti
sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga
egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib
boradi, ya’ni bilimning
chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning
ko‘lami ham o‘zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui)
va predmetning mohiyatini
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra,
predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu
darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot
boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi
bilan har safar yangidan shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: