5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali
Metodika. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga
asoslanadi.
Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa
tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy
faoliyat bilan bog‘liq. Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi.
YAngilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada
shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi
vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning
metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va
hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish
qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik
nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi.
Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar
qurshovida harakat qiladi. Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa
yaratiladi.
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir
daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin.
Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi
chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda
muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi
yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.