5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali
Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi YUnonistonda mil.
av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida
paydo bo‘lgan. Sofistika namoyandalari Pratagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir.
Sofistikaning paydo bo‘lishi antik YUnonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan
bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acp o‘rtalarida
boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga
intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi.
Sofizm — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib,
uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning
yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang,
seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra
afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak,
chunki to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Eklektika. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid
dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u
hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli
jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo
bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar
falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy
kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni
bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr
mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika
olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga
tayanadi.