5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda. 
Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi 
ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, 
o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Bu so‘zni Xaken 
hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan 
faoliyati ma’nosida talqin qiladi. 
Barcha ta’limotlar paydo bo‘ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi 
ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo‘lgan I.SHerringtonning sinergetik uslubi, 
C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo‘nalishlari ana shular jumlasidandir. 
I.SHerrington 
sinergetik 
yoki 
integrativ 
tafakkurni 
muskullar 
harakatining 
boshqaruvida (orqa miya) asab sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir, deb tushunadi. 
S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo‘lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va 
uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi zamondagi 
ta’siriga e’tiborni qaratadi. 
I.Zabusskiy 60-yilning o‘rtalarida liniyasizlik masalalarini hal qilishda analitik jihatdan 
cheklanganlik bir yoklamalikka yo‘l ochganligini ta’kidlaydi. Liniyasiz matematika va fizika 
masalalarida sinergetika usulining tatbiq etilishini odatdagi matematika hisoblash mashinasining 
faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi. 
Hozirgi davrda I. Prigojinning sinergetika to‘g‘risidagi fikrlari ham ko‘pchilikning 
e’tiborini tortmokda. 
Xullas, sinergetika — olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va 
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat 
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. 
Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi 
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan 
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas. 


Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alati attraktorlar, 
chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old 
organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini 
tushuntirish uchun foydalaniladi.
Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har 
xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I. 
Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. 
N. Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Fluktuatsiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi: 
tashqi muhit yaratadigan fluktuatsiyalar va tizimning o‘zida vujudga keladigan fluktuatsiyalar 
farqlanadi. Ba’zan fluktuatsiyalar juda kuchayib, tizimni to‘la egallab olishi va mohiyat e’tibori 
bilan uning mavjudlik tartibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo‘lgan 
«tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo‘qmi

– bu masalaning boshqa 
tomoni.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin