empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham
taalluqli. Biroq,
bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o‘rganish
metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin.
Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Empirik tadqiqot zamirida
tadqiqotchining o‘rganilayotgan ob’ekt bilan amalda bevosita aloqa qilishi yotadi. U
kuzatishlarni amalga oshirish va eksperiment o‘tkazishni nazarda tutadi. SHu sababli empirik
tadqiqot amalda kuzatish va eksperiment kuzatishda asboblar, moslamalar va boshqa vositalarni
o‘z ichiga oladi.
Nazariy o‘rganishda tadqiqotchi ob’ektlar bilan amalda bevosita aloqa qilmaydi. Bu
darajada ob’ekt
faqat bilvosita, amalda emas, balki tafakkur yo‘li
bilan amalga oshiriladigan
eksperimentda o‘rganilishi mumkin.
Eksperimentlar va kuzatishlarni tashkil etish bilan bog‘liq vositalardan tashqari,
empirik tadqiqotda tushunchalar apparatidan ham foydalaniladi. Tushunchalar bu erda ko‘pincha
fanning empirik tili deb ataladigan alohida til sifatida amal qiladi.
Bu til ancha murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, unda empirik atamalar va nazariy til atamalari o‘zaro ta’sirga kirishadi.
Empirik atamalar empirik ob’ektlar deb nomlash mumkin bo‘lgan alohida
abstraksiyalarni anglatadi. Ularni borliq ob’ektlaridan farqlash lozim. Empirik ob’ektlar – bu
amalda narsalar xossalari va munosabatlarining ayrim to‘plamiga ega bo‘lgan abstraksiyalardir.
Borliq ob’ektlari empirik bilishda aniq qayd etilgan va cheklangan belgilar to‘plamiga ega
bo‘lgan ideal ob’ektlar obrazida namoyon bo‘ladi.
Nazariy
bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo‘llaniladi. Bu erda
o‘rganilayotgan ob’ekt
bilan moddiy, amaliy o‘zaro ta’sirga kirishish vositalari mavjud emas.
Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy
ideal ob’ektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan
ob’ektlar, mavxum ob’ektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning mantiqiy
rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir.
Birorta ham nazariya bunday
ob’ektlar yordamisiz yaratilmaydi.
Dostları ilə paylaş: