Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati bilan ham
bog‘liq.
Bilish faoliyatida sub’ekt ob’ektsiz, ob’ekt esa – sub’ektsiz mavjud bo‘lmaydi.
Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo‘lgan holda, nafaqat antik davrda, balki
J.B.Lamark va CH.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur ob’ekti bo‘lmagan. Olimlar bu ko‘zga
ko‘rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o‘z bilish faoliyatining ob’ekti sifatida aniqlay
olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o‘zgarishlar
yuz berganidan so‘ng muvaffaq bo‘lindi. YOki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va
ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o‘n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini
tadqiqot ob’ektiga aylantirish imkonini berdi.
Dostları ilə paylaş: