«narsa o‘zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda
D.YUm), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar,
qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari
haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan
soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga
xos xususiyat
shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham
toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson
tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay»
tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir,
chunki u
insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning
nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. YUzaki skeptitsizm,
ko‘r-ko‘rona
fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri
bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma
narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli
sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan
qadamdir. SHubha eskirgan, qotib qolgan aqidalarning tagiga suv quyadi, ularga putur etkazadi.
U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim –
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa
narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish
mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-
ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga
chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan
iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va
sezgi a’zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks
etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma’lumotga ega
bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin
ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z
formulalarimiz modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z
tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar
«tugunlari»ni qay darajada
qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‘sinda
da’vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan
dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda
rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini
aniqlashga qodir emas, deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh
tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba’zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular
faqat
tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini
isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
SHunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm,
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar,
ichki mantiq bilan, balki
ma’lum darajada D.YUm va O.Kont falsafasi boshlab bergan an’ana bilan ham belgilanadi.
Agnostsizm haqida so‘z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz
Dostları ilə paylaş: