Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan
fanda qo‘llaniladigan
bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui.
Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar
fanlarning metodlari shular
jumlasidandir.
Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga
kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan,
mohiyat-
e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan
joyda amal qiladigan
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha
sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga
oshirishda keng qo‘llaniladi.
2
Н.Моисеев Современный рационализм. М.: 1995. -С 48.
Metodologiyaga
faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa
vositalarni ham o‘rganish xos. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar,
shuningdek, kategoriya hamda
tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida
voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish
fan rivojlanishining
«postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish
vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli
o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining
muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.