5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti 
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat 


haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik 
dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga 
kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va 
bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishdir. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va 
joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari 
bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan 
bog‘lanishlar orqali namoyon buladi. 
Masalan, insoniyat tarixida bu usulga asosan yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y 
beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni 
meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan 
jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini 
belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yunalishlar, g‘oya va 
mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda 
namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin. 
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea va 
hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda codir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki 
ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning xosilasi, ijtimoiy 
jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon buladi. Bir davr ikkinchisining 
o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu 
abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy alokadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning 
ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va 
uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin