5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali



5- MAVZU. BILISH FALSAFASI (GNOSEOLOGIYA).
(2-SOAT) 
Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi. Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi. 
Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. Bilish 
faoliyatida ratsionallik va irratsionallik dialektikasi. Bilishdagi qarama-qarshiliklar.
Hissiy, empirik, nazariy,mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va 
farqi. Xaqiqat bilish mezoni. Falsafa tarixida haqiqatga munosabat. Haqiqatning asosiy shakllari 
va konsepsiyalari. 
Isbotlash va rad etish. Haqiqatni anglashda emotsiya, ideal, iroda, ishonch va 
shubhaning roli. Verifikatsiya tamoyili. Haqiqat va yanglishish, yolg‘on va dezinformatsiya 
(yolg‘on axborot). Haqiqatni bilishda nazariya, amaliyot va faoliyat birligi. Amaliyot va 
faoliyatning mutanosibligi. Faoliyatning tuzilishi va atributlari. Ijodiy va noijodiy faoliyat. O‘yin 
faoliyat sifatida.
Xaqiqatga 
erishishda 
tushunish 
va 
tushuntirish 
dialektikasi. 
Falsafa 
tarixidatushunish san’ati haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Tushunishda ma’noni anglashning 
ahamiyati. Simvol, semiotika va dialog tushunish vositasi. Ontologik, gnoseologik, aksiolik 
simvollar. Tushunish va tushuntirishning mutanosibligi. Tushuntirish ilmiy bilimni tushunish 
shakli. 
 
BILISHNING MAZMUN VA MOHIYATI 
 
Bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning 
nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-
so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy 
adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish 
nazariyasi» deb tarjima qilingan. SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun 
falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya 
nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan, «episteme» so‘zi «pistis» - e’tiqod so‘zi 
bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga 
e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har 
xil tushunchalardir. SHu bois G‘arbiy Evropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, 
ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, 
aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. 
Epistemologiya 
esa, 
bizning 
muayyan 
narsalar 
haqidagi 
bilimlarimiz 
va 
(yoki) 
e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. 
Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek 
diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish 
(ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» 
atamasidan foydalaniladi. SHu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab 
olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda 
1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning 
bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi 
narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
SHunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi.
SHaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-
o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his 
qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan 


farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida 
turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va 
hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? 
degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning echimini 
topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi 
empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin