5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin
balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy 
tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. 
Ikkinchidan, bilimning juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib 
bo‘lmaydi. SHuni e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. 
Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha 
to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. SHuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki 


faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni 
mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. SHunday qilib, o‘z shaxsiy 
hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, 
e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz.
Badiiy bilim borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at 
borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul 
qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va 
kechinmalarini anglab etish ob’ekti – butun dunyoga uzviy bog‘lagan holda san’at tilida 
moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. SHaklan badiiy faoliyat ob’ektga qarab mo‘ljal oladi, 
mazmunan esa, u shaxs o‘zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor 
ideallari va didining majmui hisoblanadi.
Borliqni badiiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati ko‘p jihatdan san’at tilining o‘ziga 
xosligi bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar tizimiga kiruvchi madaniyatning 
belgilar tizimlaridir. San’at madaniyat tillarini badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. 
Bunda san’at tili ikki xil ma’noda: dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tushunilishi 
mumkin) va shartli, badiiy ma’noda keladi. «Ma’nolar o‘yini» asl borliqdan chalg‘itmaydi, biroq 
uni mutlaqo kutilmagan tomondan ko‘rish imkonini beradi. San’atni idrok etishda muttasil 
kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat burchaklarini 
yorituvchi yashin chaqiniga o‘xshaydigan o‘zlikni kashf etishdir. Ongning kutilmagan 
kashfiyotlar xos bo‘lgan bunday holati psixologiyada «insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish 
o‘zlikni anglash bilan bog‘liq cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish 
mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni o‘zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli 
emotsional ta’sirlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emotsional holatlarning bir-
biriga o‘tishi bilan bog‘liq murakkab jarayon shaxsni o‘z tajribasini qayta tushunishga majbur 
qiladi va uning qadriyatlar tizimida to‘ntarish yasashga qodir.
Vahiy tushunchasi diniy tasavvurlarning tadrijiy rivojlanishi jarayonida shakllangan. 
Dastlab u oliy kuchlar tanlagan ayrim shaxslarning transsendent holatida shu kuchlar nomidan 
so‘zlash qobiliyati sifatida qaralgan (valilar, shamanlar va sh.k.). Muqaddas Kitob matnlariga 
doimiy murojaat etish dindorga ularda yangi haqiqatlarni kashf qilish, o‘z hayotini solishtirish va 
uni qayta tushunish imkonini beradi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin