Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va
tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har
bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan,
elektromagnit,
ovozli tebranishlar, kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks
ettiradi.
Har qanday predmet juda ko‘p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand
bo‘lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning
barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit
holda - qand bo‘lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin,
yaxlit obrazni idrok
etishning ob’ektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning
ko‘p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi.
Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z
narsalar rangini
farqlashga qodir emas.
Sezgi – ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va
ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar
(shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’ektiv mavjud xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi, ikkilamchi
sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub’ektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga narsalarning har
xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko‘rish doirasidagi to‘lqinlar barcha
uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo‘shimcha ranglar har qanday
juftligi (qizil va ko‘k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang
to‘lqin yoki narsa yuzasining ob’ektiv xossasi
sifatida qaralishi mumkin emas, degan yanglish
xulosa chiqariladi. Qora rang to‘lqin xossasi emas: uning sharti – ko‘rish doirasida nurlanishning
yo‘qligi. To‘lqin yo‘q narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib
chiqadi: rang, hid – bu narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max);
«rang» so‘zi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa
ovozsiz, bo‘yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. Bularning
hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
Bu erda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning
psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi.
Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning haroratisi
va boshqa xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, har bir metall olovni o‘z rangiga bo‘yaydi; har
bir modda u yonayotgan gazga aylanganida o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga oq bo‘lib
ko‘ringani
uchun oq emas, balki u amalda oq bo‘lgani uchun ham biz uni shunday ko‘ramiz.
Mexanitsistlar va sub’ektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni
hidlayotganimizdagina hidga ega bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z o‘zining rang
sezadigan apparati bilan o‘zi idrok etuvchi rang mavjud bo‘lgani tufayli yuzaga kelgan va
mavjud.
Dostları ilə paylaş: