mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlashning birinchi va
muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang‘ich holatdagi ob’ektning) tegishli
mahsulotlarga (pirovard holatdagi ob’ektga) aylanish jarayonini oldindan ko‘ra bilishni o‘z
oldiga pirovard maqsad qilib qo‘yadi. Bu o‘zgarish har doim ob’ektlarning o‘zgarish va
rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina
muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. SHu sababli fanning asosiy vazifasi ob’ektlarning o‘zgarish va
rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat.
Tabiatning o‘zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy
fanlar va texnika fanlari
bajaradi. Ijtimoiy ob’ektlarning o‘zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Hamonki
faoliyat jarayonida har xil ob’ektlar – tabiat predmetlari, inson (va uning ongi holatlari),
jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar ko‘rinishidagi
ob’ektlar va hokazolar o‘zgarishi
mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari
bo‘lishi mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni o‘rganish va ularni
faoliyat va rivojlanishning ob’ektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi ob’ektlar sifatida tadqiq qilishga
qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi
va hamma narsani shu
tuzilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo‘l
tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa
uning uchun ob’ektiv qonunlarga ko‘ra
yashaydigan, faoliyat ko‘rsatadigan va rivojlanadigan
predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o‘zgartiriladigan, balki kelajakda amalda
ommaviy o‘zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni o‘rganishga qarab
mo‘ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va
odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni
ta’riflash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: