5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi


Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni. Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. 
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari 
nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik 
modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar 
(eydoslar), YAngi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – sub’ektning sezgilari yotadi. 
Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta’siri deb 
hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, 
Avenarius va boshqa sub’ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – 
bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada 
qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, 
bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni 
farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar 
dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – 


«narsa o‘zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda 
D.YUm), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, 
qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari 
haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan 
soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat 
shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham 
toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson 
tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» 
tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u 
insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi. 
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning 
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning 
nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. YUzaki skeptitsizm, 
ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri 
bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma 
narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli 
sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan 
qadamdir. SHubha eskirgan, qotib qolgan aqidalarning tagiga suv quyadi, ularga putur etkazadi. 
U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – 
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa 
narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-
ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga 
chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan 
iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va 
sezgi a’zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks 
etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma’lumotga ega 
bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin 
ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z 
formulalarimiz modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z 
tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar 
«tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‘sinda 
da’vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan 
dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda 
rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini 
aniqlashga qodir emas, deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh 
tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba’zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular 
faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini 
isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
SHunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, 
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning 
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki 
ma’lum darajada D.YUm va O.Kont falsafasi boshlab bergan an’ana bilan ham belgilanadi. 
Agnostsizm haqida so‘z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin