sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan
xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob’ektiv munosabatlarini amaliyot asosida
umumlashtirish. Demak inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob’ektiv borliq
mazmuniga qay darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar
mantiqi va ma’naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantiqiga bo‘ysunadi.
Tafakkur
jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixi shakllanadi. Asosiy
qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida
aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning
biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan muammolarning
murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika
texnikasining juda o‘sgan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi.
Bu muhim
ehtiyoj mantiqda yangi yo‘nalishlar – ko‘p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy
fanlarning paydo bo‘lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va
matematik mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ob’ektiv
borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o‘ziga xos «narsalar
mantig‘i», ob’ektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar
aloqasi ko‘rinishida aks etadi – bu sub’ekt mantig‘i tafakkur mantig‘i. Fikrlarimizning
mantiqiyligi shu bilan belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog‘langan bo‘lsa,
shunday bog‘laymiz. Hamonki borliq dialektika qonunlariga bo‘ysunar ekan, inson tafakkurining
mantig‘i ham shu qonunlarga bo‘ysunishi lozim.
Dostları ilə paylaş: