va Leybnitsning amalda mavjud narsalarni bilish qobiliyati sifatida qaralgan intellektual
intuitsiyasidan Kantda intuitsiya faoliyatni bilishga qaratilganligi bilan farq qilishini ko‘rsatdi.
Fixtening o‘zi intellektual intuitsiyani amalda mavjud narsalarni emas,
balki mutlaq narsalar
faoliyatini bilish sifatida tushunadi. SHelling Kant-Fixte yo‘nalishini rivojlantirib, ularning
ta’limotini o‘zining transsendental idealizmi – «substansiyani bilish uchun» o‘z naturfalsafasi
bilan to‘ldiradi, estetik tasavvurni birinchi o‘ringa qo‘yadi. O‘tmish
ratsionalistlaridan farqli
o‘laroq, u intuitsiyaning sabablarini idrok emas, balki aql faoliyatidan qidiradi.
Gegel o‘z o‘tmishdoshlarining intellektual intuitsiya haqidagi ta’limotlariga tanqidiy
yondashib, bilish mantig‘i, nazariyasi sifatida dialektikani ishlab chiqadi. U falsafani tafakkur
faniga
aylantiradi, uning sof tafakkurga asoslangan mantiqiy oqilona tizimini yaratadi, shu
sababli uning ta’limotida intellektual intuitsiya o‘rnini dialektika egallaydi.
Dostları ilə paylaş: