5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi


BILISH METODOLOGIYASI: ASOSIY TUSHUNCHALAR



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

BILISH METODOLOGIYASI: ASOSIY TUSHUNCHALAR 
"Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng 
ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya 


tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi 
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. 
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, 
uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini 
o‘rganadi. SHuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining 
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga
faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, 
kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi. 
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan 
iborat. Biroq: 
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri 
baholamaslik ("metodologik negavizm"); 
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha 
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), 
deb tushunish noto‘g‘ridir. 
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti 
sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga 
egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib 
boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning 
ko‘lami ham o‘zgaradi. 
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini 
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. SHunga ko‘ra, 
predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu 
darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot 
boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi 
bilan har safar yangidan shakllanadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin