5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Emotsiyalar. iroda, ishonch, ideal. Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga 
nisbatan neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo‘lmaydi. Bu holda sezgilar 
sub’ektga yuz berayotgan voqeaning shaxsiy ma’nosini tushunish imkonini beruvchi 
kechinmalar sifatida amal qiladi. Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar 
deb ataladi. Ijobiy emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy 
emotsiyalar - qo‘rquv, hayiqish, nafrat, qayg‘u va sh.k. Insonning emotsiyalar dunyosi juda 
murakkab bo‘lib, uni psixologiya atroflicha o‘rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalar dunyosini 
ekzistensializm ko‘proq o‘rgangan bo‘lib, bu erda ekzistensial deganda ko‘pincha vaziyatli 
emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiroslar) emas, balki inson borlig‘ining barqaror 
strukturalari tushuniladi. Inson emotsiyalariga uning butun hayot tajribasi kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Ba’zan bir so‘z bilan ifodalangan qisqacha xabar inson o‘limiga sabab bo‘lgan hollar 
ma’lum.
Iroda inson ruhiyatining har xil shakllari orasida – sub’ektning o‘z faoliyatini o‘zi 
tartibga solishi muhim ahamiyatga ega. Kant va Fixte uchun iroda axloqiy tamoyillarni ro‘yobga 
chiqarish manbai, inson amaliy faoliyatining negizi hisoblanadi. SHopengauer va Nitsshe uchun 
iroda – borliqning irratsional impulsi. Bu erda iroda ruhiyat doirasidan butunlay chiqariladi.
Ishonch insonning qadriyatlari va mo‘ljallari dunyosida biron-bir narsa yoki hodisani 
haqiqiy deb qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Ishonchga shubha zamin hozirlaydi, u bir 
qancha ruhiy holatlar natijasida ishonchga aylanadi. Ilohiyotchilardan farqli o‘laroq, faylasuflar 
shubha va ishonchning o‘zaro nisbatiga ko‘proq e’tibor beradilar. Diniy e’tiqod odatda 
vahiyning bevosita mahsuli sifatida isbotlashga muhtoj emas deb qaraladi. SHveysariyalik 
taraqqiyparvar ilohiyotchi Karl Bart e’tiqodning isboti uning o‘zida deb hisoblagan. Faylasuf 
Karl YAspers uchun falsafiy e’tiqod – falsafiy mushohada yuritish natijasidir.
Ideal – pirovard kelajakning muayyan obrazi emas, balki qayta ko‘rilishi mumkin 
bo‘lgan har xil nazariy va boshqa tasavvurlarning kelajakka qaratilgan majmui. Ideal doim ham 
pirovard maqsadning ustunligiga bog‘lanmaydi. Muayyan pirovard maqsadning ustunligi, 
ayniqsa, agar u olis kelajakda bo‘lsa, utopiyaga olib keladi. Ayrim utopistlar erkinlikning 
ustunligini tan oladi, boshqa utopistlar bu o‘ringa adolatni qo‘yadi, utopistlarning uchinchi 
toifasi faqat ijtimoiy mulkni tan oladi, to‘rtinchi toifasi esa, aksincha, xususiy mulkni hamma 
narsadan ustun qo‘yadi. Xullas, ideal yaratish, agar unga etarli darajada mas’uliyat bilan 
yondashilmasa, utopiyaga olib keladi. Ayni vaqtda, ideal yaratish – inson yutuqlarining muhim 
negizi. Agar insoniyat ideal yaratish bilan shug‘ullanmaganida, o‘zining hozirgi taraqqiyotiga 
erisha olmagan bo‘lar edi. Biroq ideal yaratish jarayoni oqilona kechishi uchun rivojlangan, 
zamonga hamohang falsafa bo‘lishi lozim. To‘g‘ri falsafiy mo‘ljallar utopizmdan saqlaydi. 
Asosan XX asrda shakllangan noklassik falsafa ideallar bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qiladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin