5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini 
tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa 
chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va 
boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni 
ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini 
shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. 
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini 
bashorat qilgan edi.
Hissiy, empirik va ratsional bilish birligi. Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari 
orqali va oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat 
beradi. Inson ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab 
tizimidir. SHu sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur
xotira, xayolning holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar 
o‘zaro mushtarakdir.
Aytaylik, bizni - sariq, yumaloq va shirin «olma»ning ruhiy obrazi qiziqtiradi. Bu erda 
uch tushuncha: rang tushunchasi, geometrik shakl tushunchasi va ta’m tushunchasi aniq-ravshan 
ko‘rinib turibdi. Rang tushunchasi har xil ranglarni qamrab oladi, biroq ayni holda ularning 
orasida faqat sariq rang mavjud. Ta’m tushunchasi ayni holda «shirin» tushunchasi bilan 
ifodalangan. Olmaning ruhiy obrazi ko‘p sonli tushunchalar va ularning sezgi darajasida aniqlash 
mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarining kesishuvi sifatida amal qiladi.
Agar tushunchalarni chiziqlar, sezgi shakllarini – nuqtalar bilan ifodalasak, har qanday 
ob’ektning ruhiy obrazi chiziqlar va nuqtalarning kesishish markazi sifatida amal qiladi.
Bilishning sezish va tafakkur shakllari kesishish nuqtasida yaxlit bir butun narsani hosil 
qiladi. «Bu olma»ning yaxlit ruhiy obrazi sifatida «olma» tushunchasi bilan olma haqidagi 
tasavvurning sintezi amal qiladi. Olma tushunchasi aynan «shu» olmaning yaxlit ruhiy obrazi 
emas. Olma haqidagi tasavvur olma obrazini yaratmaydi. Faqat birgalikda, bir-biri bilan 
chatishgan holda olma tushunchasi va olma haqidagi tasavvur «bu olma»ning yaxlit ruhiy 
obrazini yaratadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin