5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
5- mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat) Bilish amali

Nazariy bilim va uning shakllari. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil 
vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya 
qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, 
boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig‘indisini 
shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. 
SHunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi 
hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, 
ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini 
belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, 
tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, 
inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni echishga o‘tish, 
so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq muammoning haqiqiy 
o‘rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi 
nimada? Ilmiy muammolar doirasi qanday? 
Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan
echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar 
majmuidir. SHuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – 
biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar 
ko‘rinishida amal qiluvchi va uni echish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli 
holatdir.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli echishning muhim shartidir. To‘g‘ri 
qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni echishdan chalg‘itadi.
Muammoni qo‘yish – ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni 
qo‘yishda, avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab etish, qolaversa, muammoning 
mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan holda uni ta’riflash lozim.
Ilmiy muammolar predmetga yoki protseduraga doir bo‘ladi. Predmetga doir 
muammolarda o‘rganilayotgan ob’ektlar, protseduraga doir muammolarda esa – bilim olish va 
uni baholash usullari aks etadi. O‘z navbatida, predmetga doir muammolarning empirik va 
konseptual, protseduraga doir muammolarning metodologik va baholash bilan bog‘liq turlari 
farqlanadi. Empirik muammolarni echish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish bilan bir 
qatorda, predmetlar bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual muammolar 
borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir muammolardan farqli o‘laroq, 
protseduraga doir muammolar doim konseptual xususiyatga ega bo‘ladi; protseduraga doir 
muammolar o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada 
ko‘rinishida echimga ega bo‘lishi mumkin emas, baholash bilan bog‘liq muammolar esa fanga 
mezon vazifasini bajaruvchi ko‘rsatkichlar va mo‘ljallarni olib kiradi.
Empirik muammo avvalo ma’lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik muammolarga 
kuzatish, eksperiment, o‘lchash kabi ilmiy metodlar yordamida javob topish mumkin. Bundan 
tashqari, echimini topish uchun asboblar yasash, reaktivlar tayyorlash va hokazolar kerak 
bo‘lgan muammo ham empirik hisoblanadi.
Konseptual muammolar ilgari olingan ko‘p sonli ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lib, 
ularni tartibga solish va talqin qilish, oqibatlarni keltirib chiqarish va gipotezalarni shakllantirish, 
mantiqiy izchillik talablariga muvofiq qarama-qarshiliklarni bartaraf etishni nazarda tutadi.


Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog‘liq: ularni echish 
yo‘li bilan ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni echish, kuzatish va eksperimentlar o‘tkazish 
tartibi aniqlanadi, mo‘ljallanayotgan konseptual protseduralar belgilanadi va h.k.
Baholash bilan bog‘liq muammolar empirik ma’lumotlar, gipotezalar, nazariyalar va 
shu kabilarni baholash, hatto muammoning o‘zi qay darajada to‘g‘ri tuzilgan va ta’riflanganligini 
baholashni nazarda tutadi. Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun: 
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy 
bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi; 
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 
5) echimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 
6) maqbul echim belgilari hamda echimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi 
shartlar qabul qilinishi lozim.
SHunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z echimini 
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida echilmay 
qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida echilmay kelgan), ayrim 
muammolar o‘z echimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi, burchak triseksiyasi va 
kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan 
avlodlari diqqat markazidan butunlay yo‘qoladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin