Sinergetikada bifurkatsiya,
fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alati attraktorlar,
chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan
tizimlar barcha turlarining, jumladan old
organizmik, organizmik,
ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini
tushuntirish uchun foydalaniladi.
Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har
xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I.
Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi.
N. Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Fluktuatsiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi:
tashqi muhit yaratadigan fluktuatsiyalar va tizimning o‘zida vujudga
keladigan fluktuatsiyalar
farqlanadi. Ba’zan fluktuatsiyalar juda kuchayib, tizimni to‘la egallab olishi va mohiyat e’tibori
bilan uning mavjudlik tartibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo‘lgan
«tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo‘qmi
2
– bu masalaning boshqa
tomoni.
Dostları ilə paylaş: