5-mavzu: Milliy ma’naviyatga mustamlakachilik va qaramlik sharoitidagi munosabatlar, ularning ijtimoiy oqibatlari Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#176655
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу

 
 
 
3. Birinchi Prezident Islom Karimov asarlarida milliy ma’naviyatga 
mustamlakachilik va qaramlik sharoitidagi
munosabatlar talqini 
 
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar 
qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor, o‘z kuch va 
imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida 
ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu 
bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday 
olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan 
ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan 
yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini 
aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. 
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to‘g‘ri tushunib, tanlagan 
taraqqiyot yo‘limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlayotgani 
oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini 
hayotning o‘zi tasdiqlamoqda. 
Xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning 
bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch 
va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya 
masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada 
hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta 
muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas 
qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy 
xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot 
yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. 
Yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni 
necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz 
va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi 
bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga 


saboq bo‘lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan 
doimo ogoh bo‘lib yashashga da’vat etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi 
kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z 
isbotini topgan. 
Ma’lumki, biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy 
ma’naviyatni rivojlantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Aksincha, xalqimizning 
tabiati, yashash tarziga yot bo‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yo‘llar va 
zo‘ravonlik bilan joriy etishga harakat qilingan. Shuning uchun ham istiqlolning 
dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o‘zgartirish yurtimizda eng 
dolzarb va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. 
Shu o‘rinda biz bu o‘ta muhim masalaga qanday e’tibor berganimiz va uni 
bosqichma-bosqich hal qilib kelayotganimiz haqida to‘xtalib o‘tish joiz. Jumladan, 
mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1994 yil 22 sentabrda 
parlament minbaridan yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan voqealar, ya’ni, 
millatimizning qadr-qimmati, sha’ni va nomusi poymol qilingani, ko‘hna tariximiz 
va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani haqida quyidagi dardli-iztirobli fikrlarni 
bildirgan va ba’zi bir g‘oyat qiyin, ammo tabiiy savollarni o‘rtaga tashlagan edi: 
- O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar, aziz do‘stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik 
davrida biz kim edik? 
- Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi? 
- Ka’ba deb qaerga sig‘inar edik? Har tong “Assalom!..” degan madhiya 
ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg‘onardik? 
- Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hoja 
Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas hoklariga e’tibor bormidi? Amir Temur, 
Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi 
tuproqlarda qorishib yotgan edi? 
- Milliy g‘ururimiz, insonlik sha’nimiz, urf-odatlarimiz qanday 
tushunchalarga almashtirilgan edi? 
- Xo‘sh, o‘zimiz-chi? O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik? Qanday mo‘tabar 
zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari 
ekanimizni anglarmidik? 
- Aytinglar, o‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz 
bilan hisoblasharmidi? 
- Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz 
xabardor edik? 
- Go‘yo milliy iftixor bo‘lmish paxta, haqiqatda milliy g‘urur o‘rniga 
bo‘yinturuq bo‘lib, xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, 
ta’na-malomatdan boshqa nima keltirardi? 
Darhaqiqat, yaqin tarixda xalqimiz o‘z boshidan kechirgan bunday azob-
uqubatlarni, taqdirimiz jar yoqasida turgan mash’um kunlarni unutishga bizning aslo 
haqqimiz yo‘q. 
O‘tgan davr mobaynida eski tuzumdan og‘ir meros bo‘lib qolgan ana shunday 
illatlarga, el-yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik 
holatlariga barham berish, ko‘hna qadriyatlarimiz, dinu diyonatimizni tiklash
hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida 


xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga 
yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun 
doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini 
ta’kidlash lozim. 
Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy 
qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi 
va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishini hammamiz 
yaxshi bilamiz. Masalan, Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo 
sharoitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va 
odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlab hayot 
kechirishga zamin tug‘diradi.
Shu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan
nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon 
bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz. Misol uchun, tilimizdagi 
mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur 
ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik 
g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi 
mushkul bir muammo. 
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalarni kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin 
kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar 
mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida 
vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy 
ifodasidir. Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini 
oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish 
mumkin. Bu, avvalo, insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, 
qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan 
uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga 
saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday 
xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta 
olmaydi. 
Sharq xalqlari va yurtimiz ahliga mansub shunday belgi-alomatlar haqida 
gapirganda, ularning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv 
manbalari – daryo va anhorlar bo‘yida yashab keladi. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan 
o‘ralgan, tabiati, iqlimi g‘oyat murakkab bo‘lgan mintaqa sharoitining o‘zi ana shu 
elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh 
bo‘lib, bir-birining og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi. 
Chindan ham, bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib 
yashashga imkoni yo‘q, tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni shu ruhda 
tarbiyalagan. Turmush va tafakkur tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan 
mana shunday azaliy tushunchalar mintaqamizda yashab o‘tgan ulug‘ allomalar, 
mutafakkir zotlarning qoldirgan bebaho merosida ham o‘zining yorqin ifodasini 
topgan. Misol uchun, Alisher Navoiy bobomiz bo‘ladimi, Rudakiy, Abay, 
Maxtumquli yoki To‘qtag‘ul kabi ulug‘ zotlar bo‘ladimi, ularning barchasi o‘z ijodi 


bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini 
doimo mehr-oqibatli, do‘st-birodar bo‘lib yashashga da’vat etgani bejiz emas, 
albatta. 
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday 
hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, ta’bir 
joiz bo‘lsa, tarix va hayot gardishi, tabiatning o‘zi bizni – butun O‘rta Osiyo 
xalqlarini aynan ana shunday do‘stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat 
etmoqda. 
Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam 
bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog‘i, hayot 
qoidasiga aylanib ketgan. Zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, bu milliy 
mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan 
shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko‘rmaslik umuman mumkin 
emas. 
G‘arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jamoaviylikdan ko‘ra 
individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu 
ham muayyan, ob’ektiv ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‘lib, 
uni ham inkor etib bo‘lmaydi. 
Albatta, O‘rta Osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir-biriga mehr-oqibatli 
bo‘lib yashaydigan insonlar, davr qanchalik o‘zgarmasin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z 
qadriyatlariga sodiq bo‘lib yashashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonaviy 
fikrlaydigan, dunyoga teran nazar tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan olishi va 
uni hurmat bilan qabul qilishi lozim. 
Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni 
istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki 
iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql o‘rgatishga, azaliy hayot 
tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga 
urinmoqda. 
Bunday kuchlarning g‘arazli munosabati avvalo boy va qadimiy 
ma’naviyatimizga qarshi qaratilgani, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo 
qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo‘r berib urinayotgani barchamizni 
tashvishlantirmasdan qolmaydi, albatta. 
Nega deganda, insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat 
beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni 
o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, 
avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy 
qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq 
va yaqin tarixdagi ko‘plab misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi 
millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan 
farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. 
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan 
mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini 
ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni 
inqirozga olib kelishi mumkin. 


O‘z navbatida, 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin