olmaganligi sababli, chor hukumati eng boy bo‘lgan tog‘
ma’danlarini ishlatishga hech kimga ixtiyor bermadi”
Turar Risqulov
“Yangi Turkiston”, “Turkiston” ro‘znomasi, 1923 yil, 25 noyabr
Rus bosqini arafasida Markaziy Turkistonda 3 ta davlat: Buxoro amirligi, Xiva
va Qo‘qon xonliklari mavjud edi. Rossiya imperiyasi XIX asrning 60-yillarida bu
o‘lkani bosib ola boshladi. Turon zaminida bosib olish siyosati 150 yil davom etdi.
XIX asr oxirida Rossiya imperiyasi Yer yuzi quruqlik qismining beshdan bir qismiga
egalik qila boshladi. Bu hududning 95 foizi Turon yerlari edi. Rossiya 200ga yaqin
millat va elatlarning turmasi bo‘lib qoldi. 50ga yaqin kamsonli xalq o‘z milliy
qiyofasini yo‘qotdi. Uning hududi esa 22 million 400 ming kv.km bo‘lib qoldi. Yoki
boshqacha aytganda, Turonzamin hisobiga Rossiya imperiyasining yerlari 100
baravaridan ortiqqa kengaydi, bunga faqat bosqinchilik bilan erishildi.
Mustamlakachilik mafkurasi bosqichi sifatida o‘lkadagi milliy madaniyatga
tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan bo‘lsa, Turkiston hududidagi johil kuchlar ham
Yevropaning ilg‘or fan va madaniyatiga shunday munosabatda bo‘ldilar.
Bosqinchilar o‘lkamiz hayotining hamma jabhalariga yovuzlarcha qo‘l
cho‘zishdi. O‘z erki va mustaqilligidan mahrum etilgan xalqimizning ko‘rmagan
jabr-jafosi, chekmagan azob-uqubati, boshidan o‘tkazmagan xo‘rliklari qolmadi.
Chor hukumati Turkistonning tabiiy-iqtisodiy boyliklarini talash bilan
kifoyalanib qolmasdan, o‘zining mustamlakachilik siyosatida tobe xalqlarni
bo‘g‘ishga, ularni siyosiy ongsiz qilib qo‘yishga, siyosiy faoliyatdan umuman
chetlashtirishga zo‘r berib urindi.
O‘rta Osiyo chor qo‘shinlari tomonidan bosib olingandan keyin o‘lkada o‘ziga
xos tarixiy-siyosiy sharoit vujudga keldi. Avvalo, o‘lka siyosiy, iqtisodiy, qullik
zulmi ostiga tushdi. Natijada shu hukmronlik muhiti birinchi navbatda madaniyat,
fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy-siyosiy fikr, xalq turmush tarzi kabi sohalarga o‘z
ta’sirini o‘tkazdi. o‘lkada Yevropa turmush tarzi bilan xalqning asriy an’analari
yuzma-yuz keldi. Ularning bir qancha sohalari ziddiyatli to‘qnashgan bo‘lsa,
ba’zilarida esa yaqinlashuv jarayoni kuzatildi. Bu voqea va tarixiy hodisalar XIX asr
oxiri – XX asr boshlarida jarayon sifatida rivojlanib bordi. Bunda mustamlakachi
tabaqalar o‘z mavqei, sinfiy-siyosiy maqsadlari bilan manfiy qutbni, mahalliy
xalqlari esa ikkinchi qarama-qarshi qutb maydonini egalladi.
Dostları ilə paylaş: