Turkiston
general-gubernatori
Fon
Kaufman
imperatorga
yozgan
maktublarining birida istilo O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyatini, ijtimoiy
taraqqiyotini 300 yilga orqaga surib yuborganligi to‘g‘risida maqtanib yozgan.
Shubhasiz, inqilobdan avval masjid, madrasalarda o‘qishlar chegaralangan, arab,
fors, tojik va turkiy xalqlar tillarida bitilgan noyob qo‘lyozmalar chor ma’muriyati
tomonidan kuydirilgan va olib ketilgan, inqilobdan keyin Stalinning qirg‘inbarot
davrida esa ma’rifatlilar bilan birga kitoblar ham yo‘q qilingan edi.
1916 yildan Sibir, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Zakavkazeda 19 yoshdan 43
yoshgacha bo‘lgan 400 ming kishini mardikorlikka olish boshlandi. Bunga qarshi
xalq qo‘zg‘olonlari ham bo‘lgan. Mustaqillik uchun 1874-1876 yillardagi Po‘latxon
qo‘zg‘oloni, 1892 yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni, jadidlar harakati shular jumlasidandir.
Sho‘rolar hokimiyatiga qarshi olib borilgan istiqlolchilik harakati tarix kitoblariga
oltin harflar bilan yozildi.
Dostları ilə paylaş: