Relatsion modelda oddiy, murakkab va havola turlari ishlatiladi.
Relatsion amallarda berilganlarning ichki tuzilishi hisobga olinmaydi. Shu
olib kelish mumkin. Buning uchun uni shartli ravishda yaxlit hisoblab, ichki
domen tushunchasi bir-biriga uzviy bog‘liq. Domen bu semantik atamadir.
Domen deb, biror bir berilganlar turini qandaydir ma’noga ega bo‘lgan
to‘plamning qismi, desak ham bo‘ladi.
noyob ismga ega bo‘lib, atribut nomi bilan bir xilda bo‘ladi;
biror bir oddiy tur yoki boshqa domen orqali aniqlanadi;
domen biron bir mantiqiy shart bilan berilishi mumkin. Bu shart shu
domenga tegishli berilganlar to‘plamining terma qismini aniqlaydi;
domen aniq bir ma’noga ega bo‘lishi kerak.
Masalan, oliy o‘quv yurti talabasining yoshini ko‘rsatuvchi domenni
quyidagicha tavsiflash mumkin:
Tyosh q {n N: n≥16 and n≤60}
Domenni to‘plamdan farqi shundaki, u aniq bir predmet sohaning
semantik atamalarini akslantiradi. Bitta to‘plamning elementlari har xil
ma’noga ega bo‘lgan domenlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan,
talabaning yoshi va og‘irligi umumiy holda, bir to‘plamning elementlari
bo‘lishi mumkin, lekin bu elementlarning ma’nosi turlicha, shuning uchun
ular turli domenlarga tegishli bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, turli turdagi va
hattoki bir turdagi domen elementlarini taqqoslash taqiqlanadi. Domenlar
berilganlar bazasini to‘g‘ri modellashtirishga ta’sir qiladi. Lekin, hamma
domenlarga ham chegaraviy shartlarni qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, familiya
domeniga.
Domen tushunchasi relatsion modellarda katta ahamiyatga ega, chunki
foydalanuvchi atributlar qabul qiladigan qiymatlarning ma’nosi va manba-
sini unga nisbatan aniqlaydi. Natijada tizim relatsion amalni bajarganda,
unda ko‘proq ma’lumot bo‘ladi, bu esa tizimga semantik nokorrekt amallar-
ni bajarishga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, agarda ikkita atributlar uchun
domen tomonidan belgili satrlar aniqlangan bo‘lsa ham, birida mahallaning
nomi ikkinchisida ko‘chaning nomi saqlansada, ularni solishtirish mantiq-
sizlik bo‘ladi. Lekin bu masalaga boshqa tomondan qaralsa, masalan talaba-
ning oladigan stipendiyasi miqdori va stipendiya olgan oylar soni atribut-
lariga e’tibor beraylik. Birinchi atribut «pul» («denejno‘y») turida, ikkin-
chisi esa butun turida. Lekin ularni ko‘paytirish mumkin. Mana shu ikkita
misoldan, domen tushunchasini to‘liq amalga oshirishni ta’minlash, oson
emas, shuning uchun ham ko‘pgina relatsion BBBTda ular to‘liq emas,
qisman amalga oshgan.
73