Ta’rif 3. Munosabatlar to‘plami relatsion berilganlar bazasi, deb
ataladi.
Ta’rif 4. Relatsion berilganlar bazasining chizmasi, bazani tashkil
etuvchi munosabatlar nomidan tuzilgan to‘plamdan iborat.
Ta’rif 5. Relatsion berilganlar bazasi chizmasining nusxasi, bazani
tashkil etuvchi munosabatlarning tanasi (qiymati)dan tuzilgan to‘plamdan
iborat.
Munosabat va oddiy jadvallar (relatsion ma’noda emas) orasidagi
asosiy farqlar:
Munosabatda bir xildagi kortejlar bo‘lishi mumkin emas, chunki muno-
sabat tanasi to‘plamdan iborat bo‘lgani uchun, unda bir xildagi ele-
mentlar bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, jadvalda bir xildagi satrlar
bo‘lishi mumkin.
Munosabat kortejlari tartiblangan emas. Jadvalda esa, har bir satr o‘z
joyida bo‘lishi kerak.
Sarlavhadagi atributlar tartiblangan emas. Jadvaldagi tartibi esa
fiksirlangan.
Atributlarni barcha qiymati skalyar. Jadval yacheykasida har narsa
bo‘lishi mumkin.
Jadval munosabatga aylanishi uchun:
oddiy tuzilishga ega bo‘lishi, ya’ni har bir satrda ustunlar soni bir xil
bo‘lishi kerak;
ikkita bir xildagi satr bo‘lmasligi kerak;
ustunda bir xil turdagi qiymatlar bo‘lishi kerak;
berilganlar turi oddiy bo‘lishi shart.
Munosabat tanasi kortejlarning to‘plamidan iborat bo‘lgani uchun,
munosabatda n ta atribut bo‘lsa, kortejlar n o‘lchovli, ya’ni munosabat n-
darajali bo‘ladi. 2- darajali munosabat binar, 3- darajali ternar, n- darajalisi
esa n ar, deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytsak, atributlar soni munosa-
batning darajasini bildiradi. Munosabatdagi kortejlar to‘plami (jadvaldagi
satrlar soniga o‘xshash) uning quvvati yoki kardinalligi deb ataladi.
Matematikada odatda ko‘proq binar munosabatlar ishlatilsa, berilganlar
bazasining nazariyasida esa asosan n- darajali munosabatlar ishlatiladi.
Matematikada munosabatlar cheksiz to‘plamlar ustida beriladi va cheksiz
quvvatga ega. Berilganlar bazasida esa aksincha, munosabatlarning quvvati
cheklangan, chunki saqlanadigan jadvallardagi satrlarning soni hamma vaqt
cheklangan bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan BB relatsion modeli, turli ardagi cheklangan
munosabatlarning oldindan aniqlangan elementar berilganlar to‘plami orasi-
dagi cheklangan termalardan iborat, deyish mumkin.
BB relatsion modeli matematik mantiq ma’nosidagi chekli to‘plamdan
iborat. Modeldagi munosabatlar ustida turli algebrayik amallarni bajarish
mumkin. Shu nuqtayi nazardan, matematik mantiq va algebraga asoslangan
holda, aniq matematik rasmiyatchilikni talab qiladi. BB relatsion model-
lariga ishlov beruvchi zamonaviy tillar, ana shu talablar asosida yaratilgan
(SQL, QBE, PL/SQL va h.k.).
Munosabat tuzilishining domen identifikatori va atributlar olishi
mumkin bo‘lgan qiymatlarining ixtiyoriy cheklashlar bilan tavsifini, ba’zan
uning sarlavhasi (yoki mazmuni - intension) deyiladi. Odatda, yangi
atributlar qo‘shilmaguncha munosabatning ma’nosi o‘zgarmaydi, u fiksir-
langan bo‘ladi. Kortejlar ma’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |