6. Mavzu: sezgi



Yüklə 119,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix05.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#172634
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
httpreja.tdpu.uzshaxsiyrejacontent120html1029896.mavzu.Sezgi.htm

prosopagnoziya
deb nomlanadi. Unda
sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va
insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish
chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda,
avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni
boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda
ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni
sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor
ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi. 
[1]
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari
har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar
hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi,
har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida
eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli
modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki
badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi)
yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.
Demak, 
sezgi
deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga
bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks
ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi
narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning
muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va
organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi
hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy
psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular
jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. 
Masalan,
havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni
sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi
axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib
va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va
organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari
tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.

Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin