6. Mavzu: sezgi



Yüklə 119,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix05.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#172634
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
httpreja.tdpu.uzshaxsiyrejacontent120html1029896.mavzu.Sezgi.htm

 
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli
tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning
birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton
hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar
sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‘ziga
xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli
tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo‘ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv
yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha:
bolg‘acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro
birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan.
Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig‘uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog‘ora
parda va unga yopishgan suyakchalar havo to‘lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O‘rta
quloq maxsus yo‘l orqali og‘iz va burun bo‘shlig‘i bilan tutashgan bo‘ladi. Ichki
quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o‘rta qismi kameradan va pastki
qismi chig‘anoqdan tashkil topgan.
Ichki quloqlarning uchchala bo‘limi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir. Ichki
quloqlarning asosiy qismi chig‘anoqdan iborat bo‘lib, uning ichida kortiy organ mavjud,
u gumbaz shakliga ega bo‘lib, asosida membrana joylashgan. Membrana uzunligi
qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo‘lib, ular tarang tortilgan to‘rlarga
o‘xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular
kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qo‘llari bor
maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar po‘stining
bo‘lagida joylashgan.
Havo to‘lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida
eshitish sezgilari hosil bo‘ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo to‘lqinlarining sekin
harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis harakatlari
natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000
martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.

Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin