vibratsiya
sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda
vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari
ham mavjud:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospetsifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik
jumlalarni ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto
sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga
oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‘l uchiga yashil
va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati
psixologiyada etarli darajada o‘rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv,
proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
1.
Ko‘rish sezgilari;
2.
Eshitish sezgilari;
3.
Hid bilish sezgilari;
4.
Ta’m bilish sezgilari;
5.
Teri sezgilari;
6.
Muskul – harakat (kinestetik);
7.
Statistik sezgilar;
8.
Organik sezgilar;
Ko‘rish sezgilari
Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga
oshadi va seziladigan ranglar
xromatik
va
axromatik
turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik
qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil
bo‘ladigan rang
xromatik ranglar
deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil,
zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq
rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari
axromatik ranglar
deb
nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib
keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va
to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan
qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi
tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur
pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva
beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb
ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi.
Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining deyarli
butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig‘ bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni
qavariq, tiniq jism ko‘z gavhari joylashgan bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari unda to‘planib,
so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
Ko‘z soqqasining gavhari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi
shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r
parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv
nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha
va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r
pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv
hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7
millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik,
ya’ni kunduzgi ranglar ko‘riladi.
Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda o‘z
funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan
markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni
hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga
qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish
to‘g‘ri ko‘rish deyiladi.
Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha
uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi.
Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov
tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan
uni to‘la isbotlab berilgan.
Ushbu nazariyaga binoan to‘r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element
mavjuddir, ulardan birining qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo‘zg‘alishi yashil
rang sezgisi va uchinchi qo‘zg‘alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga
ko‘ra yorug‘lik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘atsa, oq rang sezgisi
vujudga keladi. Lekin yorug‘lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo
bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik
qo‘zg‘aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‘iz to‘r pardasidagi
jarayonlar bilangina emas, balki miya po‘stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan
ham bog‘liq ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjuddir. Zamonaviy ma’lumotlarga
binoan tayoqchalarda ko‘rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko‘zga
yorug‘lik ta’siri etganda ko‘rish purpuri kimyoviy yo‘l bilan parchalanib, tarkibiy
qismlarga bo‘linadi va mazkur jarayon ko‘rish nervini qo‘zg‘atib, yorug‘lik sezgisini
hosil qiladi va qorong‘ulikda esa purpur funksional holatini qayta tiklaydi.
Dostları ilə paylaş: |