6. Mavzu: sezgi


Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari



Yüklə 119,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix05.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#172634
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
httpreja.tdpu.uzshaxsiyrejacontent120html1029896.mavzu.Sezgi.htm

Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki
organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu
qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik
hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini
qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil
bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini
o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator –
tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib,
fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi
nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
Ø
periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus
transformator qismi;
Ø
analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni
ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
Ø
analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi
sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
A
nalizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan
o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq
hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida
retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat.
mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning
o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun
bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. analizatorning o‘zagi 
analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, 
masalan,
tovushlarning balandligi.
Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni
farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va
eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib
boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning
o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal
olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini
ta’minlaydi.
Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab,
quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish,
teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi
a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz
olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab,
sezgilarni uch turga bo‘ladi.
1.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan
hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni 
ekstroretseptiv
sezgilar;
2.
Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida,
to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni 
interoretseptiv
sezgilar.
3.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot,
xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar,
ya’ni 

Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin