Hid bilish sezgilari Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun
kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu erda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv
tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim
sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid
bilish hujayralariga gaz holatida ta’sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo‘li bilan ularni
qo‘zg‘atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun
havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo‘ladi.
Ta’m bilish sezgilari Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish
bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning
yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish
so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan
maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis
taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa
nordon mazani sezadi. Lekin ularning o‘rtasi bo‘lsa mazani aks ettira olmaydi. Ta’m
bilish so‘rg‘ichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari
joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning
markazlariga yaqin joylashgan.
Teri sezgilari. Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday
nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq
pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, birinchisi
tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – budurni tuyish
bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi
qo‘zg‘atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda og‘riq
sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari
deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida
tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis
taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu
boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi
ekstiziometr asbobi yordami bilan o‘lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan
tashkil topgan, bo‘lib, uning o‘zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o‘rtasidagi
masofani o‘lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy nuqtasida
joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi bu biron-
bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.