6. Mavzu: sezgi



Yüklə 119,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix05.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#172634
növüУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
httpreja.tdpu.uzshaxsiyrejacontent120html1029896.mavzu.Sezgi.htm

sensibilizatsiya 
deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga
ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi davomli,
muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgani
uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh
o‘tishi bilan oshib borib, 20-30 yoshlarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa
asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi
tomoni vaqtinchalik xususiyatiga ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvida
sinesteziya
, ya’ni, qo‘zg‘alish ta’sirida boshqa
analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo‘lishi kabi holat ham
kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli sezgilar hosil bo‘lishi mumkin,
ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hammaga ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to‘q» ranglar
bilan baholaymiz.
Sinesteziya sezgilarning his-tuyg‘u ohangini kuchaytiradi. Sinesteziya hodisasi
barcha
modalliklarga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash lozimki, sinesteziya individual tarzda ifodalanadi.
Sinesteziyaga yorqin qobiliyati bor odamlar mavjud, boshqalarda esa u umuman
kuzatilmaydi. A.R. Luriya o‘zining asarida bayon etilgan mashhur mnemonist Sh.Ni
mufassal o‘rganib chiqqan. Bu odamda sinesteziya o‘ta yaqqol ifodalanadi. U barcha
ovozlarni bo‘yalgan holda ko‘rgan, va ko‘p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi,
masalan, «sariq rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli
ranglardagi (och sariq rangdan binafsha rangigacha) ko‘rish sezgilarini uyg‘otgan.
Idrok
etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo‘g‘iq», «sho‘r» yoki «karsillagan»
tovushlar sifatida his etilgan. SHunday qilib, sinesteziya hodisasi – inson organizmi
analizatorlar tizimining muntazam ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishidan, ob’ektiv olamni
hissiy aks ettirishning yaxlitliligidan dalolat beradi.
[2]
Psixofiziologiyada bo‘sag‘alarning ikki turi: absolyut
sezuvchanlik bo‘sag‘asi va farqlash bo‘sag‘asini farqlaydilar.
Ceskantiruvchining eng kuchsiz ta’siri ostida dastlab paydo
bo‘ladigan sezilarli darajada his etish sezgining 

Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin