6. Mavzu: sezgi



Yüklə 119,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix05.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#172634
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
httpreja.tdpu.uzshaxsiyrejacontent120html1029896.mavzu.Sezgi.htm

proprioretseptiv
sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki
mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini
olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv
 
sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas,
balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi.
Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum
hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi
holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari
o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega
emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni
sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish
muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan
aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi
(barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls,
zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan
bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish
holati yuz berishi mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan
birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning
fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib
chiqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan
ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini
tashkil qiladi.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus
tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar muskullarning harakatlashuvi
natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning
orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining
quyi bo‘limlariga etib keladi va undan po‘stosti tugunchalaridan o‘tib, bosh miya katta
yarim sharining qorong‘ulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan,
hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi 
statik
sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib,
ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni
mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan,
avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham
uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi.
Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq
bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash –

Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin