moslashish ; kuchli seskantiruvchi ta’siri ostida sezgining susayishidagi
moslashish .
Moslashishning bu ikki turini «salbiy moslashish» atamasi ostida birlashtiradilar, chunki
buning natijasida analizatorlarning sezuvchanligi kamayadi; kuchsiz seskantiruvchi ta’sirida
sezuvchanlikning oshishi ham
moslashish deb ataladi. Moslashishning bu turi ijobiy
moslashish hisoblanadi. Bu turga, masalan, qorong‘ilik ta’sirida ko‘rish analizatori
sezuvchanligining oshishida kuzatiladigan qorong‘ilikka moslashish kiradi.
Moslashish hodisasini retseptor faoliyatida seskantiruvchining davomli ta’siri ostida
sodir bo‘ladigan chetki o‘zgarishlar yordamida tushuntirish mumkin. Ma’lumki, yorug‘lik
ta’sirida ko‘z to‘r pardasi tayoqchalaridagi ko‘rish to‘q qizil rangi o‘chib ketadi.
Qorong‘ilikda esa, aksincha, qizil rang tiklanadi, bu sezuvchanlikni oshiradi.
Moslashish hodisasi analizatorlarning markaziy bo‘limlarida kechadigan jarayonlar
yordamida ham tushuntiriladi. Uzoq vaqt davomidagi qo‘zg‘alish natijasida bosh miya
po‘slog‘i sezuvchanlikni kamaytiradigan ichki himoya tormozlanishi kuzatiladi.
Tormozlanishning rivojlanishi boshqa o‘choqlarning kuchli qo‘zg‘alishini keltirib
chiqaradi, bu esa yangi sharoitlarda sezuvchanlikning oshishiga yordam beradi.
Moslashish maqsadga muvofiq bo‘lgan biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz
seskantiruvchilarni aks ettirishda qatnashadi va analizatorlarni kuchli seskantiruvchilar
ta’siridan himoya qiladi.
Sezgilar jadalligi faqat seskantiruvchining kuchi va retseptor moslashishining darajasiga
bog‘liq
bo‘lmay, ma’lum vaqtda boshqa his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’sirlarga
ham bog‘liqdir. Boshqa analizator faoliyati ta’sirida analizator sezuvchanligining o‘zgarishi
sezgilarning
o‘zaro ta’siri deb ataladi. Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi
po‘stloq orqali aloqalari, yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi.
I.P. Pavlov bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson
tarqaluvchi (irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining
irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli seskantiruvchi
ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro
induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi boshqa analizatorlarning
tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib keladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’sir qonuniyati quyidagidan iborat: biror-bir analizatorlar
tizimidagi kuchsiz seskantiruvchilar boshqa tizimning sezuvchanligini oshiradi, kuchli
seskaniruvchilar esa kamaytiradi. Masalan, kuchsiz ta’m bilish (nordon) sezgilari ko‘rish
sezuvchanligini oshiradi, eshitish va ko‘rish sezgilari o‘rtasida o‘zaro ta’sir kuzatiladi.
Analizatorlarning o‘zaro ta’sirlashishi, hamda, muntazam mashqlar natijasida
sezuvchanlikning oshishi