Grammatik mavzuni tushuntirish
Pastda, o‘ngda, chapda, ichkarida, tashqarida, o‘rtada, uzoqda, bu yer (-ga, -da, -dan), shu yer (-ga, -da, -dan), u yer (-ga, -da, -dan) so‘zlari o‘rin ravishlaridir. Ular qayerga? qayerda? qayerdan? so‘roqlariga javob bo‘ladi.Mustahkamlash
Mashq bajarish
7-mashq. Gаplаrdаgi o‘rin mа’nоsini ifоdаlаb kеlаyotgаn so‘zlаrni аniqlаng. Ма’nоsidаgi fаrqlаrni tushuntiring.
1. Hamma yerda bahorgi ishlar boshlab yuborilgan. 2. Uzoqdan qushlarning chug‘urlashi eshitiladi. 3. Bu yerda uzumning juda ko‘p navlari, tut, yong‘oq daraxtlari o‘sar, qulupnay va rezavor o‘simliklar ekilar edi. 4. Pastda dehqonlarchigit ekish uchun kerakli narsalarni hozirlash bilan ovora edi. 5. Tashqarida bolalarning sho‘x kulgusi eshitilar edi.
. Matn ustida ishlash
Lug’at ishi
manzara — вид, зрелище galma-gal — черёд
farovon — благоустроенный jar — овраг
Bog‘dagi ishlar
Bog‘imiz tekislik yerda emas, chaqar arig‘i va Bo‘zsuvlarning qo‘shilish yerida, jar bo‘yida joylashgan. Manzarasi go‘zal. O‘t-o‘lan va meva gullariga belangan bog‘,bulbullar navosi, chumchuq va qushlar sadosi, ariq suviningmayin shildirashi bilan to‘lib toshganday tuyulardi. hovuz bo‘yidaochilib yotgan atirgul, qirqog‘ayni, gulsapsarlarni, ishkom ichi-dagi chuchmo‘ma, lolaqizg‘aldoqlarni, ariq labidagi xushbo‘y yalpiz, gunafshalarni aytmaysizmi? Bahorda bog‘da ish qaynardi. hovuz labidagi tol yalpizlarini kesish, butash, toklarni ochish, ariq tozalash, yerlarni chopib, ekinga joy hozirlash va hokazо. Bog‘imizda uzumning juda ko‘p navlari, shuningdek, olma, nok, shaftoli,gilos, olcha, tog‘olcha, olxo‘ri, do‘lana, tut, yong‘oq daraxtlario‘sar, qulupnay va rezavor o‘simliklar ekilar edi. Bular yozi bilangalma-gal pishib yetilar va dasturxonimizni bezar edi. Bog‘imiz shunday farovon bo‘lishidanmi, yozda dadam vaqtini uyda dam olish, ekinlarga qarash, qarindosh-urug‘larnikiga qovun va bog‘ sayliga borish bilan o‘tkazar edilar.
Uygа vаzifа
Savollarga javob bering.
1. Hаshаr qаchоn vа qаyеrlаrdа o‘tkаzilаdi? 2. Маktаbingizdа o‘tkаzilgаn hаshаrdа kim nimа ish bilаn shug‘ullаnаdi? 3. Маhаllаngiz yoki ko‘chаngizdаgi hаshаrdа qаndаy ishlаrni bаjаrаsiz?
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________ Abdullayeva N.K.
Dostları ilə paylaş: |