27. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar
B) Nautaka Qashqadaryo vohasining sharqiy
qismi
C) Xorazm aholisi xo‘jaligning asosini
dehqonchilik tashkil etgan
D) Davan milodiy I-II asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan
28. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?
1. Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqdi
2. Yunon-Baqtriya davlati barham topdi
3. Fors podsholigi asoschisi halok bo’ldi
4. Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan
A) 3,2,4,1 B) 3,1,4,2
C) 3,1,2,4 D) 1,4,3,2
29. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo'l qo'yilgan?
1. Kamon o‘qi va xanjar bronza va temirdan yasalgan
2. Jangovar otlar ustiga va ko‘kragiga bronzadan yasalgan bargustvon yopilgan
3. Xitoydan O‘rta Osiyo viloyatlariga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan
4. Buyuk ipak yo'li Sariq dengiz sohilidan O'rtayer dengizigacha borgan
5. Aynan Sug'd vohasi orqali buddaviylik O‘rta Osiyo bo‘ylab tarqala boshladi
6. To‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va parchalanib ketdi
7. Kushon hukmdorlari saroyi Dalvarzintepadir
8. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan podsholiklardan biriga aylangan
A) 2,3,5,7 B) 2,3,4,7
C) 1,3,5,8 D) 2,4,6,7
30. Nima Kushon podsholigining jahondagi ko‘plab davlatlar bilan keng ko‘lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi?
A) Buyuk ipak yo'li orqali aloqalar
B) Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa dan topilgan nodir buyumlar
C) Buddaviylik dinining O‘rtaOsiyo bo‘ylab tarqala boshlashi
D) Yozuvning turli ko‘rinishlariga oid topilmalar
Dostları ilə paylaş: |