12.2. Reklama tasnifi (klassifikatsiyasi) Reklamani tasniflashda koʻplab mezonlardan foydalaniladi. Ulardan baʼzilarini koʻrib chiqamiz.
1. Homiysi, kommunikatsiya tashabbuschisining turiga koʻra, reklamani tasniflash. Bunday reklamaning quyidagi turlarini ajratib koʻrsatishadi: ishlab chiqaruvchi nomidan, sotish vositachilari nomidan, xususiy shaxslar nomidan, hukumat va boshqa jamoat institutlari nomidan.
1.1. Ishlab chiqaruvchilar va sotish vositachilari nomidan reklama, odatda, parallel ravishda amalga oshiriladi va aksariyat hollarda tijorat xususiyatiga ega boʻladi (yaʼni reklama beruvchilarning marketing maqsadlariga erishishiga xizmat qiladi).
Ijtimoiy reklama notijorat xususiyatga ega boʻlib, ijtimoiy ahamiyatga molik tamoyillarning qaror topishi va jamiyat hayotidagi maʼlum maqsadlarga (tabiatni asrash, kambagʻallikka qarshi kurash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, hayvonlarni muhofaza qilish va h.k.) erishishga xizmat qiladi.
Bevosita jamoatchilik tashkilotlarining reklamasini shu turga kiritish mumkin. Masalan, “Qizil Hoch”, “Grinpis” tashkilotlarining reklamasi yoki notijorat sport tashkilotlarining murojaatlari kabilar shular jumlasidandir.
1.2. Siyosiy reklama maʼlum siyosiy gʻoyalar, partiyalar, arboblar va shu kabilarni targʻib qilish vositasi sifatida qoʻllaniladi. Oxir-oqibatda u siyosiy hokimiyat uchun kurash maqsadlariga erishishga koʻmaklashadi. Siyosiy reklamaning faolligi saylov oldi kampaniyalari davrida yaqqol namoyon boʻladi.
2. Moʻljaldagi auditoriya holatidan kelib chiqib reklamaning quyidagi turlarini ajratib koʻrsatiladi:
biznes sohasiga moʻljallangan reklama (reklama qilinayotgan tovarlardan butlovchi mahsulotlar sifatida foydalanayotgan ishlab chiqarish isteʼmolchilari uchun;
sotish vositachilari va vositachilarning boshqa turlari uchun va h.k.);
yakka tartibdagi isteʼmolchi uchun reklama.
3. Maʼlum auditoriya segmentida toʻplanganlik mezoni quyidagilarni farqlashga imkon beradi:
* xaridorlarning maʼlum guruhiga aniq yoʻnaltirilgan selektiv (tanlangan) reklama;
* aniq bir toifaga yoʻnaltirilmagan ommaviy reklama.
4. Reklama faoliyati hudud hajmlariga qarab quyidagilar ajratiladi:
* mahalliy reklama (muayyan sotish joyidan to alohida hududigacha);
* mintaqaviy reklama (mamlakatning bir qismini qamrab oladi);
* umummilliy reklama (butun davlat miqyosida);
* xalqaro reklama (bir nechta davlat hududida olib boriladi);
* global reklama (baʼzan butun dunyoni qamrab oladi).
5. Reklama kommunikatsiyasi predmeti (reklama qilinayotgan narsa), uning oʻziga xos xususiyatlari quyidagi tasnifni belgilab beradi:
* tovar reklamasi (muayyan tovar yoki tovar guruhiga talabni shakllantirish va ragʻbatlantirish);
* obroʻ reklamasi (muayyan firma yoki tashkilot nufuzini shakllantirishga xizmat qiluvchi reklama);
* gʻoya reklamasi;
* shaxs reklamasi;
* hudud (shahar, mintaqa yoki umuman mamlakat) reklamasi va h.k.
Ushbu tasnif biroz shartli ekanligini taʼkidlab oʻtish lozim. Reklamaning alohida turlari oʻrtasida aniq ifodalangan chegara yoʻq. Masalan, tovar reklamasi ishlab chiqaruvchining nufuziga xizmat qilishi, obroʻ reklamasi esa ishlab chiqarilgan tovarning yaxshiroq sotilishiga koʻmaklashishi kerak.
6. Reklama kampaniyasi oʻz oldiga qoʻygan maqsad borasida quyidagi ajratib koʻrsatishga imkon beradi:
* talabni shakllantiruvchi;
* sotishni ragʻbatlantiruvchi;
* tovar mavqeyini yaratish va uning mavqeyini oʻzgartirishga xizmat qiluvchi
7. Muayyan tovar reklamasi kampaniyalarida ushbu tovar hayotiy davri bilan bogʻliq holda maqsadning belgilanishi “reklama spirali” tushunchasiga asos boʻlgan. U quyidagi reklamalarni ketma-ketlikda birlashtiradi:
* kirituvchi;
* mustahkamlovchi;
* eslatib turuvchi.
8. Taʼsir usuliga koʻra reklamani tasniflashni chex reklamachisi BNekl taklif qilgan:
* koʻriladigan reklama (peshlavhalar, chiroqli, bosma reklama va h.k.);
* eshitiladigan (radio reklama, telefon boʻyicha reklama va h.k.);
* koʻriladigan — hid beruvchi (boʻy taratuvchi varaqalar);
* koʻriladigan — eshitiladigan (tele, kino va video reklama) va b.
9. Auditoriyaga taʼsiri xususiyatiga koʻra qattiq va yengil reklamani ajratib koʻrsatishi mumkin.
Qattiq reklama xususiyatiga koʻra, sotishni ragʻbatlantirish vositalariga yaqin borib, ular bilan birga qoplanoladi. Shakli boʻyicha xaridorni reklama qilinayotgan tovarni sotib olishga majbur qilish maqsadida unga tajovuzkor tazyiq oʻtkazadi.
Yengil reklama faqat tovar haqida xabar berib qolmasdan, balki uning atrofida ijobiy muhitni shakllantiradi. Shuning uchun oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan.
Foydalanilayotgan reklama murojaatini uzatish vositalariga qarab quyidagi reklamalarga ajratib koʻrsatishadi: bosma (matn bop) reklama;
gazeta va jurnallardagi reklama;
radio va telereklama;
tashqi lavha (shchit) reklamasi va h.k.