7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə24/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Qisqacha xulosalar

  1. Reklama ishlab chiqaruvchilarga koʻmaklashadi. Ular oʻz mahsulotidan foyda olish uchun reklamaning turli uslublaridan foydalanishadi. Bunda reklama agentliklari ahamiyatli yordam berib, ogʻzaki, gazeta va maxsus jurnallar (kataloglar) orqali isteʼmolchilarni xabardor qiladi.

  2. Oʻzbekistonda reklamaning rivojlanishi oʻziga xos xususiyatlari ega boʻlib, ijtimoiy, siyosiy hamda tijorat reklamalarning ahamiyati ortib bormoqda va uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish zarurati mavjud.

  3. Reklama faoliyati xalqaro huquqlar hamda alohida davlatlarning milliy qonunlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro darajadagi reklama shartnomalari xorijiy tashkilotlarning aktlari bilan boshqariladi.

Nazorat uchun savollar
1. Reklamaning ilk koʻrinishlari haqida nimalarni ayta olasiz?
2. Sohibqiron Amir Temur bobomiz davrida u kishining reklama sohasiga qoʻshgan hissasi qanday?
3. Reklama agentliklari haqida nimalarni ayta olasiz?
4. Reklama agentliklari faoliyatini tushuntirib bering?
5. Oʻzbekistonda reklamaning rivojlanishi haqida soʻzlang?
6. Oʻzbekistonda yaxshi reklama faoliyati bilan tanilgan korxonalar haqida gapiring va ularning oʻziga xos jihatlarini ayting?
7. Reklamani huquqiy tartibga solish qanday amalga oshirilgan?
8. “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun va mohiyatini soʻzlang?
12-bob. REKLAMANING ASOSIY TUSHUNCHALARI

  1. 12.1. Reklamaning mohiyati, maqsadi va mazmuni

Marketing kommunikatsiyasida asosiy oʻrinni reklama egallaydi. Bu bozor faoliyatining koʻp qirrali koʻrinishi boʻlib, u baʼzan mustaqil yoʻnalishga ajratiladi. Marketing va reklama bir yirik jarayonning ikki tomonini tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda reklama marketing tizimida oʻziga xos oʻrinni egallaydi.
Mutaxassislar fikricha, reklama kommunikatsiya shakli deb qaraladi, qaysiki, u, tovar sifati va xizmat koʻrsatishni, shuningdek, gʻoyani isteʼmolchining talab va ehtiyojiga muvofiq tashkil etishga intiladi.
Reklamaning mohiyati ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib xaridorda tovarni sotib olish borasida tasavvur uygʻotishi zarur. Reklamaga tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovari bilan bozorga kirayotgani toʻgʻrisidagi axborot deb qarash lozim. Bunda soʻz tovar isteʼmolchining ehtiyojini maʼlum darajada qondirayotgani haqida borayotganini tushunish muhim. Ishlab chiqaruvchi manfaati mahsulotini bozorda sotishga, xaridor manfaati esa oʻz ehtiyojini qondirishga qaratilgan boʻladi.
Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi kommunikativ aloqa reklama hisoblanadi. Reklama korxona va bozor oʻrtasidagi butun aloqa tizimini oʻz ichiga oladi. Isteʼmolchi reklama qilinayotgan tovar toʻgʻrisida malakali bilimga, yaʼni tasavvurga ega boʻlishi kerak. Reklama xabarlari shunday boʻlishi zarurki, u isteʼmolchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uygʻotishi va uni sotib olishga ishonch hosil qilishi lozim.
Reklama mazmuniga kelganda, unga tovarlar va ularni isteʼmol qilish xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart. Ayrim qarash va gʻoyalarning shakllanishi tashviqot qilish reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning taʼsirchanligi unga tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib, isteʼmolchiga boʻlgan harakat tizimidagi oʻrniga nechogʻli ahamiyat berilishiga bogʻlikdir. Reklamaning samadorligi esa jamoatchilik fikrining shakllanishi va isteʼmol narxlarining oʻzgarishi bilan oʻlchanadi.
Reklamaning faoliyat doirasi oʻz ichiga:
1) isteʼmolchining reklama qilinayotgan tovar va xizmatga hamda bozorga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish;
2) maqsadga erishishni strategik rejalashtirish, bozor chegarasini aniqlash, reklama vositalaridan foydalanish rejalarini ishlab chiqarish va uni mohiyatlashtirish yuzasidan zarur tadbirlar ishlab chiqish;
3) reklama vositalarini tanlash boʻyicha xarajatlar tizimini belgilashda aniq qarorlar qabul qilish, matbuotda eʼlonlar yoritilishi va TVda namoyish qilinishi yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;
4) matn yozishni hisobga olgan holda eʼlon tuzish, maket tayyorlash, uni badiiy bezash va ularni ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.
Reklama savdodagi texnologiya jarayonning tarkibiy qismidir. Modomiki, tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni ekan, reklama ham xaridor bilan uchrashgan paytdan, uning talab va ehtiyoji aniqlangan paytdan, tovarni oqilona koʻz-koʻz qilishdan boshlanadi. Tovarning xususiyatlari, sifati toʻgʻrisida, uni ishlatish, isteʼmol qilish usullari borasida oʻz vaqtida maslahat berish, doʻkonlardagi texnologiya jarayonlarini tashkil etishda muhim oʻrin tutadi. Soʻngra, biror mahsulotga qoʻshib olinadigan tovarlarni tavsiya etish ham reklamaning diqqat markazida boʻlishi kerak.
Chakana savdodagi reklamadan foydalanish joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalarni qoʻllash va ulardan foydalanish uslublariga asosan, bir-biridan farq qiladi.
Qoʻllanish joyiga koʻra, reklamalar duqoʻnga kiruvchi xaridorlarga moʻljallangan uning ichidagi va butun aholiga qaratilgan maʼlumot turlariga boʻlinadi.
Vazifasiga koʻra reklama vositalari aholining muayyan toifalari va guruhlariga (maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalariga, parhez taomga muhtoj boʻlganlarga va shu kabilarga) moʻljallangan boʻladi.
Texnikaviy vositalarni qoʻllash va ulardan foydalanish uslublariga koʻra reklama kuyidagi turlarga boʻlinadi:
a) vitrina-koʻrgazma reklamasi (deraza va doʻkon ichkarisiga oʻrnatilgan vitrinalar, doʻkonlarda va boshqa jamoat joylaridagi tovar koʻrgazmalari);
b) tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar (doʻkonlarning tamgʻalari, reklama yozuvlari, plakatlar, narxlar, koʻrsatkichlar, transparantlar, eʼlonlar);
v) bosma reklama (varaqalar, kataloglar, prospektlar, gazeta va jurnallardagi eʼlonlar);
g) namoyish reklamasi (mahsulotlarni tatib koʻrish, kiyim-kechakning yangi modellarini namoyish qilish va shu kabilar);
d) kino- televizion va diapozitiv reklamasi;
e) ovozli reklama.
Reklamaning maqsadi - isteʼmolchini tovarni sotib olishga ishontirish. Reklama gʻoyasini shakllantirishda buni doimo yodda tutish kerak. Shuning uchun dizayner maʼlum bir manfaatni koʻzlab emas, birinchi navbatda, oʻz mijozining muammolarini hal qilish haqida oʻylashi lozim.
Mijozning manfaatini unutish va sof tasviriy muammolarga mukkasidan berilish dizaynerni maqsaddan chetlashtiradi.Dizayner reklama dizayni ustida ish boshlayotganda bir qator masalalarni hal qilishiga toʻgʻri keladi. Avvalo, u reklama nimani: mahsulot, xizmat turi yoki gʻoyani taklif qilishi lozimligini aniqlaydi.
Dizayner quyidagi savollarga aniq javob berishi kerak:

  • reklama beruvchi xaridorlarni saqlab qolishni xohlaydimi yoki ularning davrasini kengaytirish nima?

  • u yaqin maqsadni koʻzlayaptimi yoki uzoqqa moʻljallangan maqsadnimi?

  • reklama yagonami yoki turkum reklamalarning bir qismimi?

  • uning mavzusi nima?

  • sabablari qanday?

  • reklama qaysi isteʼmolchilarga moʻljallangan?

  • tanlangan isteʼmolchilarga qanday yondashgan maʼqul?

  • qaysi vositalar (gazeta, jurnal, pochta)dan foydalangan maʼqul?

  • foydalanilayotgan vositalarning ijobiy va salbiy tomonlari qanday?

  • chop etishning qaysi usulini tanlagan maʼqul?

  • badiiy bezak va shriftning xususiyatlari nimadan iborat?

  • reklamaning byudjeti qancha?

  • reklama yilning qaysi vaqtida nashr ettiriladi?

  • u qaysi ishlarni oʻzi bajaradi, qaysilariga chetdan mutaxassislarni taklif qilishi lozim boʻladi?

Baʼzan reklama mahsulotning mavjudligi va uning bahosi haqida xabar berish bilan cheklanadi. Ammo, odatda dizaynerning oldiga murakkabroq vazifalar qoʻyiladi. Undan tovar haqida tarqalgan yolgʻon mish-mishlarni bartaraf etish yoki tovarni raqobatchilar tovaridan farqlash, oʻzgacha bir koʻrinish berish yoxud isteʼmolchini tovarning qoʻshimcha funksiyalaridan xabardor qilish yoki isteʼmolchilar doirasini kengaytirishni soʻrashlari mumkin.
Dizayner shakl va mazmunga oid qarorlar qabul qiladi. Bunda dizaynerga, odatda, u bilan hamkorlikda ishlaydigan matnchi yordam beradi. Shakl tanlashda dizayner mutlaqo mustaqildir. U reklama uchun surat kerakmi yoki yoʻq, u chiziladimi yoki foto shaklida boʻladimi, matn kerakmi yoki sarlavhaning oʻzi bilan kifoyalanish mumkinmi, bularning barchasini hal qiladi.
Buyurtmachi bilan ish olib borishni bilish dizayner uchun katta ahamiyatga ega. Buyurtmachi, masalan, dizaynerni reklamaga xunuk tovar belgisini kiritishga majbur qilishi mumkin. Buyurtmachi reklamaning juda joʻn shaklda boʻlishini, mazkur mijozning avvalgi reklamalariga nisbatan didsiz bezalishini talab qilishi mumkin. Bunday holatlar amaliyotda koʻp uchraydi va dizayner yuzaga chiqayotgan nizoni yumshatishga hamda reklama buyurtmachilarga reklamaning taʼsirchanligini susaytiradigan ortiqcha holatlarga zarurat yoʻqligiga ishontirishi lozim boʻladi.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin