7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Rossiyada birinchi reklama agentligi



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə21/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Rossiyada birinchi reklama agentligi
Rossiyada krepostnoylik bekor qilingandan soʻng, reklamaning rivojlanishi boshlandi. Davlat gazetalari reklama eʼlonlarini chop etishga kirishdi.
Birin-ketin turli xil adabiyotlar ham paydo boʻldi va 1878 yilda Rossiyada birinchi reklama agentligi tashkil etildi. Uning nomi “reklamalar Markaziy byurosi” deb nomlandi. Uning asoschisi Ludwic Mettsl (uning kelib chiqishi Chexiyalik) edi. Birinchi reklama agentliklari vazifalari turli xarakterdagi eʼlonlarni va gazetalarda joylashtirish deb, belgilandi. Mettsl dastlab viloyat nashrlari bilan ishlagan, lekin bozorining rivojlanishi bilan u poytaxt gazetalariga buyurtma bera boshladi. Reklama agentligining filiali XX asr boshida Varshava, New-york, Berlin va Parijda bor edi.
Bu reklama matnni malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladigan birinchi agentligi edi. Rossiya matbuotida oldin bunday daromad olinmagandi. Faoliyatini mamlakatning chekka burchaklarida jonlantirish Mettslyaga ayta foyda keltirdi. Bu bir butun sifatida Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi
11.4. Oʻzbekistonda reklamaning rivojlanishi
XIX asr oxiri yurtimiz hududiga Rossiya kapitali va ishlab chiqarish mahsulotlarining jalb etilishi, Yevropa madaniyati kirib kelishi, tadbirkorlikning yetakchi omili boʻlgan reklama sanʼatining yangi turlarini shakllanishiga turtki boʻldi. Endilikda reklama ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylana boshladi. Ijtimoiy-siyosiy hamda tijorat reklamalari ahamiyatining ortishi, uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtardi.
Reklama sanʼatining uzoq oʻtmishdagi ogʻzaki shaklidan yozma shaklga oʻtilishi ham aynan shu davrga toʻgʻri keladi. XIX asrda oʻlkada litografik bosmaxona, fotografiya atelyelari, doimiy chop etilgan gazeta va jurnallar tijorat va ijtimoiy reklamaning shakllanishi hamda joylarda faol tarqalishiga sabab boʻldi. XX asrda chop etilgan gazeta va jurnallarga, foto va kino arxivlarida bir qator reklama namunalari saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar shuni koʻrsatadiki, Turkiston oʻlkasida litografik bosmaning paydo boʻlishi va turli xildagi hukumat gazetalarining chop etilishi natijasida ijtimoiy-siyosiy va tijorat reklamalari muntazam ravishda taqdim etila boshlangan.Mahalliy va xorijiy davlatlar siyosiy hayotiga oid yangiliklarga bagʻishlangan “Переводчик” gazetasining 1895 -yil 21 may (№20) sonida qoʻl tikuv mashinasining reklamasi berilganligi bunga misol boʻlishi mumkin. Keltirilgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, oʻsha davrda ham gazetaning tarkibiy qismlarida senzuraga yoʻl qoʻyilmagan. Yana bir – 1913- yil 3 sentyabrda Toshkentda chop etilgan “Kara kurt” gazetasining №23 sonida esa, shahar madaniy hayotiga oid yozgi teatr xabarlari, tijorat reklamasi hisoblangan satrlarni koʻrishimiz mumkin.
Yuqorida keltirilgan mahsulotlarning bosma reklamasi aynan XIX asrda juda keng qoʻllanildi. Gazetalarda tijorat eʼlonlaridan tashqari, bibliografik, yaʼni qoʻlyozma va kitob mahsulotlarining reklamalari ham chop etildi. Buning uchun esa asar muallifi qalam haqi olgan. Taʼkidlash joizki, bu kabi gazeta va jurnallar, asosan, shaharning ruslashgan qismi uchun moʻljallangan. Ammo baʼzilari mahalliy aholi uchun, eski oʻzbek yozuvida chop etilgan.
Keyinchalik Turkiston oʻlkasining shaharlarida oʻtkaziladigan tadbirlar haqida maʼlumot beruvchi afishali maxsus qutilar va oshxona, choyxona, doʻkon, atelyelarda aholiga taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlarning turlari keltirilgan koʻrgazmalar paydo boʻla boshladi. Reklama sanʼatining rivojlanishi, asosan, Turkiston general gubernatorligining markaziga aylangan Toshkentda koʻproq kuzatildi. Bu davrlarda oʻlkaga Rossiya kapitali oqib kelishi munosabati bilan tashqi tijorat reklamasi keng rivojlandi.
1917- yil oktyabr inqilobidan soʻng reklamaning tarkibi va vazifasi oʻzgardi. Endilikda reklama shoʻro hukumati tomonidan davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Tadbirkorlar reklama evaziga oʻz faoliyatlarini kengaytirish imkoniyatidan mahrum boʻlishdi.
Oʻtgan asrning 1920- yillardan Turkistonda tijorat va ijtimoiy reklamalarga munosib tubdan oʻzgardi. Endilikda ijtimoiy reklamalar koʻproq qoʻllanila boshladi. Rejali, markazlashtirilgan iqtisodiyotning mafkuralashtirilishi, Oʻzbekistonda ijtimoiy reklama rivojlanishining asosiy omili boʻldi. Bu hol respublikaning mustaqillikka erishguniga qadar davom etdi. Badiiy-estetik xilma-xilligi va bezakdorligi bilan farqlanmaydigan reklama, panno, shit, transparantlari mafkuraviy mazmundagi matnli chaqiriq va shiorlardan iborat boʻldi. Plakatlar andozali kompozitsion va rang yechimida ishlanib, ularda, asosan, ishchi-dehqon obrazi tasvirlanardi. Reklama plakatlari esa kommunistik mafkura ramzi boʻlgan qizil rangda edi. Shahar muhitida tashqi bezak sifatidagi mahsulotlar va xizmatlar reklamasi bu davrlarda taraqqiy etmadi, negaki mahsulotlar yetishmasligi va raqobatning mavjud emasligi ijtimoiy hayot aksi sifatidagi reklamani rivojlantirish zaruratini yoʻqqa chiqardi
Reklamada birinchi marotaba foto san’atini qo‘llanilishi mashhur rassom-fotosuratchi Aleksandr Rodchenko nomi bilan bog‘liq. U reklama mafkurasining kuchli ta’sirini ko‘zlagan holda reklama plakatining yanada jonli bo‘lishiga erishish maqsadida birinchi marotaba mashhurlar foto suratini reklama plakatlarida qo‘llagan. Foto suratli reklamalar g‘oyasi she’riy satrlar bilan to‘ldirilgan. Ishchi-dehqonlar uchun yaratilgan plakatlar matni mafkuraviy mazmundagi chaqiriq shaklda yaratilib, ularda nisbatan sodda tasvirlar qo‘llanilgan. Shahar aholisi uchun yaratilgan reklama plakatlaridan she’riy shakldagi matn hamda rang-barang fotomontajlar o‘rin egallagan.
XX asrning 60-70 yillarida hududlarda maxsus reklama tashkilotlari yuzaga keldi. Bularga sobiq СССРning savdo vazirligi “Сюзторгреклама”, СССР сентросюзи qoshidagi «Главко-опторгреклама» va boshqa ishlab chiqarish sohasidagi tijorat-reklama tashkilotlari kiradi. Ularning asosiy vazifasi reklama ishini tashkillashtirish, nazorat qilish va maxsus yarmarkalar o‘tkazishdan iborat edi.
Reklamaning jamiyat hayotida qo‘llanilishida uning yana bir vositasi bo‘lgan kinematografiya san’atining o‘rni katta bo‘ldi. Kinematografiyaning yurtimiz madaniy hayotiga kirib kelishi yangi san’at turi orqali davr g‘oyalarini keng ommaga yetkazishda ijobiy natijalar berdi. Endilikda, hukumatning buyurtmasi asosida bir qancha reklama filmlari va qisqa metrajli reklama roliklari yaratila boshlandi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning barchasi reklamaning tarixda qanday ko‘rinishlarda mavjud bo‘lganligi, yurtimizning siyosiy va ijtimoiy hayotida tutgan o‘rnini belgilab, uning shahar muhitida qo‘llanilishida ham g‘oyaviy, ham estetik jihatdan muhim ahamiyat kasb etganligini yana bir bor isbotlaydi.
Bozorda aniq bir maqsadga tayangan holda ish yurituvchi kompaniyalar bor. Ularning tarkibiy tuzilishi faoliyat yuritish maqsadiga bog‘liq. Quyida asosan ishlab chiqaruvchi korxonalar va yirik davlat miqyosidagi kompaniyalar berilgan. Bu tarkib bo‘yicha reklamani boshqarishda chakana savdoda samaradorlikka erishish mumkin. Shu bilan birga marketing xizmati faoliyati korxonada yangi chiqqan tovarlar yordamida iste’molchilar xohishlarini, ya’ni moddiy jihatdan imkoniyati bor bo‘lganlarni boshqarish imkonini beradi. Biz bilamizki, hozir O‘zbekistonda reklama ko‘p hollarda intuitiv ravishda, ya’ni iste’molchilar harakatiga mos kelmagan holda hech qanday dastur va tadbirlarsiz berilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, reklamalar moddiy va ma’naviy nuqtai nazardan xorij reklamalaridan ajralib turadi. Deyarli respublikamizdagi bir qancha firma va tashkilotlarda reklama bilan shug‘ullanuvchi marketing bo‘limlari bo‘lib, ularning ayrimlari ham shunchaki nomiga faoliyat yuritadi. Ammo bir qancha kompaniya va banklar, tashkilotlar mavjudki, ular o‘z boshqaruv strukturasini shunday tashkil qilishganki, reklama tayyorlash faqat tovar va xizmatlar uchun yo‘naltirib qolmasdan, balki shu korxona imijining saqlanishi uchun ham harakat qiladi.
Maʼlumki, sifatli tovarlar — bu yaxshi reklama. Yaxshi reklama — bu korxona imiji. Bunday korxonalarga Oʻzbekistonda “General motors”, UzBAT”, tijorat banklari, “Artel” kabi korxonalarni kiritishimiz mumkin. Reklamani boshqarishning yuqorida keltirilgan tarkibiy tuzilishi reklama tayyorlashning hamma vositalaridan foydalanib, uning unsurlarini aniqlagan holda maʼlum bir guruh segmentga yoʻnaltirilgan reklama tayyorlash mumkin. Bozor talablariga javob beruvchi vositani topish reklama boshqaruvchisining asosiy muammosidir. Reklama vositalariga yondashishning son (reklama qancha kishini qamrab oladi) va sifat (reklama maʼlumotlari isteʼmolchilarning qaysi tabaqalariga yetib boradi) mezonlari mavjud.
Masalan, reklama boshqaruvchisi, asosan, ayollarni qiziqtiruvchi tovarlarni targʻib qilmoqchi. U buning uchun ikki gazetadan birini tanlashi lozim. “A” gazeta kundalik ommaviy boʻlib, uni turli muxlislar oʻqishadi. Reklamaning narxi: 1000 nusxadagi bir ustun joy oʻn dollardan. “B” gazeta ixtisoslangan, asosan uy bekalari oʻqiydigan gazeta. Undagi reklama narxi: 1000 nusxadan bir ustun joy 25 dollardan. Yakuniy qarorga kelish koʻp omillarni hisobga olishga toʻgʻri keladi.
Biroq, asosan, talab — bu reklama sarflangan mablagʻiga yarasha samarali boʻlishi kerak. Shu maʼnoda bank boshqaruvchisi “B” gazetani reklama berish uchun tanlashi ehtimoli koʻproq. Bu vaqtda boshqaruvchi reklamaning sifatiga ahamiyat berishi ham lozim, chunki tovarning reklamasi asosida uni ishlab chiqarganlarning moddiy manfaatlari yotadi.
Reklama boʻyicha mutaxassislar bozor va raqobatchi haqidagi, ulardagi nisbatan oʻzi ishlab chiqqan chora-tadbirlarni va qoʻllamoqchi boʻlgan marketing biznes-rejasini, strategiya va taktikasini raqobat sharoitida tijorat siri sifatida saqlashadilar. Eng yaxshi qarorlar esa patentlashtiriladi va mualliflik huquqi sifatida qonun tomonidan himoya qilinadi.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin