Qisqacha xulosalar Reklama marketing kommunikatsiyasida asosiy oʻrin egallab, har xil koʻrinishda: texnikaviy vositalar yordamida vitrina-koʻrgazma, bosma ravishda, tasviriy va fotografik yoritilgan, namoyish, kino-televizion va ovozli reklamada namoyon boʻladi.
Reklama oʻz maqsadiga va tasnifiga ega boʻladi hamda aniq vazifalarni bajaradi: marketing (bozor) vazifasi; kommunikativ vazifasi; maʼrifiy vazifasi va ijtimoiy vazifalardan iborat.
Nazorat va muhokama uchun savollar: Marketing kommunikatsiya tizimida reklamaga baho bering.
Reklama oʻz ichiga qanday faoliyatlarni oladi?
Reklamaning maqsadi nima?
Reklamani tasniflashdagi mezonlar qaysilar?
Reklamaning vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
Reklamaning funksiyalari qaysilar?
Reklamaga qoʻyiladigan umumiy talablar haqida izoh bering.
Oʻzbekistonda reklama sohasiga qaratilgan hukumat qarorlari haqida soʻzlang.
1 Ergashxodjaeva Sh. Va boshqalar/ Marketing kommunikatsiyasi
2 Ergashxodjaeva Sh.Dj., Samadov A.N.,Alimxodjayeva, N.E., Sharipov I.B. Marketing kommunikatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: «IQTISODIYOT», 2019. - 418 b.