7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə23/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Birinchidan, agar radio va telekoʻrsatuv ixtisoslashgan reklama koʻrsatuvi sifatida qayd qilinmagan boʻlsa, bunday koʻrsatuvda reklama efir vaqtining 20 % idan ortmasligi lozim.
Ikkinchidan, reklama tarqatilishining davriyligiga vaqtli cheklovlar ham belgilangan. Koʻrsatuvlar, radiopostanovkalar va badiiy filmlar davomiyligi 15 minutdan koʻpni tashkil qilsa, har 15 minut oʻtkazgandan keyin reklamani aralashtirish mumkin boʻladi. Bu koʻrsatuvlar tamom boʻlganga qadar har 15 minutda qancha reklama toʻgʻri kelsa, shuncha marta berilishi mumkin.
Bundan tashqari, bir xil tovarni yoki reklama beruvchilar haqidagi reklamalarni bir xil mazmundagi reklama boʻyicha tarqatish chastotasiga cheklovlar ham belgilangan. Eshittirishning bir chastotasida radio va teledasturlar efir vaqtining bir soati davomida ikki martadan ortiq reklama berish taʼqiqlanadi. Bunda reklama roliklarining umumiy davomiyligi efir vaqtining bir soati davomida ikki minutdan oshmasligi lozim.
Uchinchidan, tarqatilayotgan reklama ovozining balandligiga ham cheklovlar kiritilgan. Reklama eʼlonining tovushi translyatsiya qilinayotgan dasturning ovozidan baland boʻlmasligi kerak.
“Reklama toʻgʻrisida” Qonunning 18-moddasida aytilishicha, “reklama xarakteridagi xabarlar va materiallar boʻyicha ixtisoslashmagan davriy nashrlarda reklama davriy nashrning bir soni hajmining 40% idan oshmasligi kerak, qolgan reklama bepul ilova koʻrinishida berilishi lozim”. Xuddi shu yerda taʼkidlanishicha, “obuna boʻyicha tarqatiladigan nashr vositalarida obuna sharoitida nashrning umumiy hajmidagi reklamaning miqdorini koʻrsatishlari shart”. Teledasturlarni yaratishda va boshqa OAVlar materiallarini tayyorlashda homiylik qilishga ruxsat beriladi, lekin bunda oʻzi xomiylik qilayotganlar faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas. Teleradio uchun reklamaga ajratilgan koʻrsatuv vaqti koʻrsatuvning har bir soatida 10 % dan oshmasligi lozim, shu bilan bir vaqtda bu talab ixtisoslashmagan reklama kanallarida tarqatilmaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uchun dori vositalari, gipnozdan foydalangan holda oʻtkaziladigan davolovchi muolajalar, tibbiy texnika va vositalar reklamasini berish taʼqiqlanadi. Teleradio koʻrsatish boʻyicha ertalab soat 7.00 dan kechqurun soat 22.00 gacha 28 haroratgacha boʻlgan alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlarini reklama qilish ham taʼqiqlanadi. Qurollar reklamasi faqat ixtisoslashgan nashrlardagina berilishi mumkin.
Boshqa MDH mamlakatlarining reklama haqidagi Qonunlari va ularning OAVdagi ulushi bilan ham tanishib chiqamiz. Demak, Belorussiya Respublikasining nashr va boshqa ommaviy axborot vositalari haqidagi Qonunida yozilishicha, “reklama xarakteridagi xabarlar va materiallar uchun ixtisoslashgan axborotlar sifatida qayd qilinmagan OAVlarda davlat nashrlarining alohida sonining 25 % idan, boshqa davriy nashrlarning alohida sonining 30 % idan, radio va teledasturlar uchun davlat koʻrsatuvlari hajmining 10% idan oshmasligi lozim”. Boltiqboʻyi mamlakatlarida reklama sohasining rivojlanishini koʻrib chiqamiz. Efirga berish oldidan bu uch mamlakat ham transchegaraviy eshittirishlar haqidagi Konvensiya bilan OAV qonunchiligini muvofiqlashtirishga majburdirlar.
Bu Boltiqboʻyi mamlakatlari televideniyesida koʻrsatiladigan reklamalarning hajmi va uslubining qatʼiy doirasini aniqlashi lozim. Tamaki mahsulotlari reklamalarini cheklash va bolalar dasturlari vaqtida reklama kliplarini namoyish etishni taqiqlash zarur.
Litvada reklama haqida Qonun qabul qilinmagan, modomiki, uning qabul qilinishi zaruratiga ekspertlar va mutaxassislar tomonidan tez-tez urgʻu beriladi. Alkogol ichimlik, tamaki mahsulotlari va dorilar reklamalarini cheklash alkogol ichimliklarini nazorat qilish haqidagi, tamaki mahsulotlarini nazorat qilish va sogʻliqni saqlash haqidagi qonunlarda belgilangan.
Litva milliy radio va televideniyesida reklama uchun ajratilgan efir vaqti cheklangan: u soatiga 5 daqiqadan oshmaydi. Bundan tashqari, reklama uchun ajratilgan efir vaqti abonent toʻlovi hisobiga ommaviy radio va televideniyeni moliyalashtirishga oʻtish oʻlchovi boʻyicha qisqartirilishi lozim. Tamaki mahsulotlarini nazorat qilish haqidagi qonun bilan OAVdagi tamaki mahsulotlarining toʻgʻri va yopiq reklamasi taʼqiqlanadi. Modomiki, bu qonun amalga oshirilmagan, chunki hukumat uning amalga oshirilishi qoidalarini ham koʻrsatmagan. Alkogol ichimliklari reklamasi alkogol ichimliklar nazorati haqidagi qonun bilan chegaralangan. Gazeta va jurnallarning, nashr qilingan kitoblarning birinchi va oxirgi betlarida, bolalar uchun moʻljallangan radio va telekoʻrsatuvlarda alkogol ichim- liklarini reklama qilish taʼqiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur qonunning 30-moddasi bilan alkogol ichimliklari reklamasi uchun ajratilgan efir vaqti ham qatʼiy chegaralangan, ularda hajm boʻyicha 15% dan oshmaydi. Litva milliy radio va televideniyesi boʻyicha bunday alkogol ichimliklarni reklama qilish soat 15. 00 dan 22.00 gacha taʼqiqlanadi (dam olish kunlari va maktab taʼtillari davrida soat 8.00dan 22.00 gacha).
Latviyada radio va televideniye haqidagi qonunning 21--25-moddalari bilan reklamaga, ularning mazmuni va joylashtirilishiga cheklovlar belgilangan. Yopiq reklama va texnik vositalar yordamida kishilar ongiga taʼsir koʻrsatadigan reklamalarga yoʻl qoʻyilmaydi. Reklamada ommaviy axborotlarning elektron vositalarida yangiliklar koʻrsatuvlarini olib boradigan shaxslarning ishtirok etishi taʼqiqlangan. Tamaki mahsulotlari va chekish haqidagi reklamalar ham taʼqiqlanadi, lekin vino va pivo uchun ruxsat berilgan. Alkogol ichimliklarini reklama qilish voyaga yetmaganlar uchun manzillashtirilmasligi yoki alkogol davolash vositasi hisoblanishini, u ragʻbatlantiruvchi yoki tinchlantiruvchi vosita sifatiga ega ekanligini yoki shaxsiy muammolarni hal qila olishi mumkinligini targʻib qilmasligi lozim.
Estoniyada reklama haqidagi qonun bilan reklama cheklovlari va unga talablar belgilangan. Tamaki mahsulotlari, qurol, oʻq dorilar, fohishalik, giyohvand moddalar reklamasi taʼqiqlangan. Shuningdek, yopiq reklama ham taʼqiqlangan. Dorilar reklamasiga munosabat boʻyicha aniq farmoyishlar ham qonun bilan belgilangan. Mazkur qonunning 11-moddasida alkogol ichimliklari ikki guruhga boʻlinadi: engil (tarkibida hajmi boʻyicha 22 % alkogol mavjud boʻlgan) va oʻtkir (22%dan ortiq), lekin ularning ommaviy axborot vositalaridagi reklamalaridagi cheklanganlik unchalik katta emas.
Alkogol ichimliklarini gazetaning birinchi va oxirgi polosalarida, jurnallarning, nashr qilingan kitoblarning birinchi va oxirgi betlarida, bolalar va yoshlar uchun moʻljallangan nashrlarda reklama qilish ham taʼqiqlanadi. Radio va televideniya dasturlarida alkogol ichimliklari reklamasiga ajratilgan vaqt ham chegaralangan. Yengil alkogol ichimliklarining reklamasi soat 7. 00 dan 20 gacha, oʻtkir alkogollarni soat 7 dan 21 gacha ta ʼqiqlanadi. Radio va televideniya haqidagi Qonunning 17-moddasida reklama uchun ajratilgan vaqt efir vaqti sutkalik hajmining 15% idan va har bir soatda 12 minutdan ortishi mumkin emasligi haqida belgilab berilgan.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin