Qisqacha xulosalar
Kommunikatsiya majmuasi byudjet hisoblashning bir necha usullari mavjud tadbirkorlar bu usullardan foydalanib, resurslarni tejamkorlik bilan sarflashi maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Har xil turdagi marketing kommunikatsiyalarni oʻz maqsadlariga erishishga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin, ammo kompaniyalarning oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud
Korxonaning moliyaviy imkoniyatlari muhim omil hisoblanadi. Sotuv hajmi va ayniqsa, foyda yetarli boʻlganda, tadbirkorlar isteʼmolchilarga taʼsir etish uchun koʻproq imkoniyatga ega boʻlgani kommunikatsion byudjetga oʻz aksini topadi
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Marketing kommunikatsiyalari byudjetini aniqlashdagi asosiy masala nima?
2.Marketing kommunikatsiyasi byudjet strukturasiga qanday taʼsir koʻrsatadi?
3.Marketing kommunikatsiya kanallarini tanlashda qanday omillarga eʼtibor beriladi
4.Aloqa kompaniyasi samaradorligini baholash qanday bosqich hisoblanadi?
5.Marketing kommunikatsiyalari qiymati nimaga bogʻliq?
11.1. Reklamaning rivojlanish tarixi.
Reklamaning taʼrifi shundan izohlanadi: “Reklama – bu chiroyli qilib ifodalangan haqiqat”.3
Har bir mavzuni oʻrganishda avvalo tegishli atamalarning lugʻaviy maʼnolarini bilib olish zarur. Reklama lotincha soʻz boʻlib, yaʼni, reclamo – qichqiraman, jar solaman, degan maʼnolarni anglatadi. Kengroq olib qaraydigan boʻlsak turli yoʻllar bilan ommaviy suratda eʼlon qilish, bildirish, hammaning diqqatini tortish borasidagi saʼy-harakatlar deb qarash kerak boʻladi.
Reklamaga ham salbiy, ham ijobiy jihatdan baho berish mumkin. Bir tomondan, u kamdan-kam odamlarga yoqadi, ikkinchi tomondan – reklamasiz ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotlarini sotishi juda qiyin boʻlardi. Xaridorlarga esa u baʼzan yaxshi tanlov qilishga koʻmaklashadi. Quyida biz reklama haqida baʼzi qiziqarli faktlar haqida soʻzlaymiz.
Birinchi boʻlib reklama Qadimgi Misrda paydo boʻldi. Arxeologlar qulning sotilishi, uning shaxsiy xususiyatlari va mehnatga layoqatligi tasvirlangan holda papirusda yozilgan eʼlonni topishdi.
Yaponlar TV koʻrsatuvidagi reklamali tanaffusning boshlanish vaqtini aniqlab televizorni oʻchiradigan, va u tugashi bilan, ekranni yoqadigan gadjetni oʻylab topishdi. Oʻz mahsulotlarini reklama qilishda amerikalik dorishunoslar, tadqiqotlardan koʻra ikki barobar koʻproq pul sarflashadi. Kamdan-kam odam reklama qilinayotgan qoʻl soatlarining strelkalari 10 soat 10 daqiqani koʻrsatishiga eʼtibor
1 1.1-rasm.Qadimgi Misrda topilgan dastlabki reklama(e’lon) namunalari
Ichimliklarning hammabop shakldagi reklamasini suratga olish sal mushkulroq. Shuning uchun muz boʻlakchalarini akrildan, shampan vinosi, pivo va boshqa gazlangan ichimliklardagi chiroyli pufakchalarni hosil qilish uchun esa suv bilan aralashtirilgan tozalash vositalaridan foydalaniladi.
R eklamada darhol ikkita saqich yostiqchasini ogʻizga solishni namoyish etish orqali ishlab chiqaruvchilar savdolarini ancha koʻpaytirishgan. Bu hol sodir boʻlganning sababi, oddiy odamlar xuddi reklamada koʻrsatilganidek birdaniga ikkita saqichni xarid qilishni boshlashdi. Demak, agar siz reklama xuddi shunday mavqeyiga erishib, foyda keltirishini istasangiz, faqat oʻz ishning ustasiga murojaat qiling.
N oyob reklama uslubini Nikolay Shustov bundan yuz yil oldin oʻylab topgan. U bir necha yosh yigitlarni ataylab kabaklarga kirib “Shustov konyagini” soʻrashni iltimos qilgan. Inkor javobni eshitib, ular shovqin koʻtarishni boshlashardi. Sekin-asta bu shovqin-suronlar gazetalarda chop etila boshlaydi. Shunday qilib, “Shustov konyagi” tez orada mashhur boʻlib ketdi
.
.
K aliforniyadagi taniqli HOLLYWOOD yozuvi boshida yangi kvartallarni reklama qilardi va HOLLYWOODLAND kabi koʻrinardi. U ikki yildan kamroq vaqt turishi kerak edi. Ammo Los-Andjelesdagi kino sanoatining keskin rivojlanishi sababli yozuvni sal qisqartirib, shu turishicha doimiy qoldirishdi
Kventin Tarantino filmlarida siz reklamani uchratmaysiz, chunki u reklamani yoqtirmaydi. Shuning uchun o‘z filmi qahramonlari uchun u “Red Apple” markali sigaretini o‘ylab topdi. Haqiqiy sigaretlar “Capitol W” – faqat “O‘lim isboti” filmida bor.
Maykl Djordan ishqibozlarining shu narsa ma’lumki, 1992 yilda AQSh basketbol jamoasini taqdirlash marosimida u Amerikalik bayrog‘iga o‘ranib olgan edi. Buning sababi, vatanparvarlik emas, reklama edi. O‘sha kuni Djordan, Nike savdo markasi yuzi, “Reebok” formasida kiyingan edi.
O‘simlik yog‘i shishalarida “xolesterinsiz” degan yozuv bor edi. Bir tomondan bu rost, boshqa tomondan esa bu reklamaning makkorona usuli, aslida xolesterin hayvon yog‘laridan tayyorlangan mahsulotlarda bo‘lishi mumkin.
“RAN tomonidan tasdiqlangan” yozuvi mahsulotning oliy sifatli ekanligini anglatmaydi, chunki barcha sotiladigan mahsulotlar Rossiya Ilm-fan Akademiyasi tomonidan ruxsat berilgan, yoki boshqacha aytadigan boʻlsak, “RAN oziq-ovqat instituti tomonidan tavsiya qilingan” yozuvi ishoning, chunki RAN aslida hech narsani tavsiya qilmaydi.
Qadim sharqda aynan “reklama” soʻzi isteʼmolda boʻlgan-boʻlmaganidan qatʼiy nazar mohiyatan u ulugʻ shaxslarning bitiklarida koʻp uchraydi. Masalan, buyuk Sohibqiron Amir Temur tomonidan Shahrisabzda bunyod ettirilgan Oqsaroy koshonasi peshtoqiga naqsh etilgan hikmatning maʼnosi shunday: “Kimki bizning shon-shuhratimizni koʻrmoqchi boʻlsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”4 Asrlar osha jahon ahlini hayratga solib kelayotgan ushbu obida peshtoqidagi naqshinkor bitiklar mohiyatan reklamaning dastlabki koʻrinishlari emasmi? Bu oʻziga xos “reklama”ning samarasi qay darajada boʻlgani ham tarixdan yaxshi maʼlum. Yaʼni, oʻsha xildagi, shunday shaklu shamoyildagi binolar qurilishi odatga aylangan. Hozirga qadar saqlanib kelayotgan koʻhna obidalarning bir-biriga oʻxshashligi sababi shunda boʻlsa ne ajab.
Temur bobomizning betakror soʻzlari orqali ham mamlakatdagi holat, vaziyat oʻziga xos tarzda ifoda etila utganini biz “reklamachilar nuqtai nazari”dan talqin qilishimiz mumkin: “Qay bir joydan bir gʻisht olsam, oʻrniga oʻn gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga oʻnta koʻchat ektirdim”. Yana bir oʻrinda Sohibqiron shunday degan: “Dunyoning yarmini oldim, saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tilla koʻtarib oʻtadigan boʻlsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom oʻrnatdim”.
Xoʻsh, qaysi davrda boʻlmasin, taʼrifiga soʻz ojiz qoladigan va shu qadar jannatmakon yurt kimning eʼtiborini oʻziga rom etmaydi? Demak, oʻz davrining sultoni tomonidan bitilgan purmaʼno soʻzlar zamiridan biz uchun ibratomuz reklamani anglab yetmogʻimiz, taʼbir joiz boʻlsa, ilmiy nuqtai nazardan kashf etmogʻimiz, tadqiq qilmogʻimiz maqsadga muvofiqdir
Dostları ilə paylaş: |