Kompensatsiya –fonologik tizimda yo‘qotilgan strukturaviy imkoniyatlarning o‘rnini to‘ldirish.Chunonchi,qadimgi va eski tyrkiy tillar vokalizmidagi zidlanishlarning keyinchalik yo‘qolishi undoshlar tizimida yangi zidlanishlarninng shakllanishiga turtki bo‘lgan deyish mumkin.
.
Qadimgi va eski turkiy tillarning vokalizm tizimidagi qator belgisining hozirgi o‘zbek tilida fonologik jihatdan ahamiyatsiz holga kelishi o‘zbek tili konsonantizmida ayrim strukturaviy o‘zgarishlarning yuz berishiga sabab bo‘lgan:jarangsiz, til orqa, portlovchi fonemaning k(q) variantlari ikki mustaqil fonema darajasiga ko‘tarilgan,shu asosda vokalizm tizimida yo‘qotilgan imkoniyat konsonantizmidagi yangi zidlanishlar hisobiga to‘ldirilgan.
Konvergensiya , divergensiya jarayonlari va kompensatsiya qonunining fonologik tizim taraqqiyotidagi roli shundaki, ular shu tizimdagi strukturaviy-sistemaviy o‘zgarishlar tarixini belgilaydi,hozirgi fonetik- fonologik tizimlarning tarixiy ildizlarini ochib beradi.
.
Tilshunoslikda fonolagik tizimlarning tarixiy taraqqiyotida sodir bo’ladigan divergensiya va konvergensiya jrayonlariga oid nazariyani prof.Y.D.Polivanov ishlab chiqqan , bu jarayonlar o’rtasidagi munosabatdorlik qonuni ham Y.D.Polinov tomonidan aytilgan.
.
Tilshunoslikda fonolagik tizimlarning tarixiy taraqqiyotida sodir bo’ladigan divergensiya va konvergensiya jrayonlariga oid nazariyani prof.Y.D.Polivanov ishlab chiqqan , bu jarayonlar o’rtasidagi munosabatdorlik qonuni ham Y.D.Polinov tomonidan aytilgan.
.
O’zbek tilining tarixiy fonetikasi b’yicha olib borilgan kuzatishlardan shu narsa ayon bo’ldiki, konvergensiya jarayoni ko’poq vokalizm tizimida yuz bergan. Divergensiya jarayoni ko’poq konsonantizm tizimida yuz bergan.Bunday holatni kompensatsiya qonuniyatining fonetik-fonologik tizimlar taraqqiyotidagi ko’rinishi deb baholash mumkin. Vokalizm tizimidagi o’zgarishlar (unlilardagi old qator va orqa gator qator farqlanish belgilarining fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo’lib qoloshi )shu tizim fonemalari bajargan ayrim vazifalarning undoshlar zimmasiga yuklanishini taqozo qilgan.Natijada bir undosh fonemaning old qator(ingichka) va orqa qator (yo’g’on) variantlari alohida fonemalarga aylanib so’z ma’nolarini farqlash vazifasini bajara boshlagan.