.
a)fizik-akustik jihatdan
b)anatomik-fiziologik jihatidan
lingvistik-funksional jihatdan
Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi:
a)fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo‘shimcha tonlar munosabatidan) tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa shovqinning bo‘lishi shart;
anatomik-fiziologik jihatidan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to‘siq (fokus) hosil qilmaydi, o‘pkadan kelayotgan havo oqimi og‘iz bo'shlig'ida to‘siqqa uchramay o‘tadi. Undoshlar artikulatsiyasida esa albatta to‘siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to‘siqdan portlab, sirg'alib yoki titrab o‘tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak.
.
lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so‘z va morfema tarkibida «qurilish materiali» sifatida qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so‘z yoki morfemalarning tovush qobig‘ini bir-biridan farqlaydi, shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi. Unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o‘zicha bo‘g‘in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno), unlining yolg‘iz o‘zi fonetik so‘zni yoki morfema qobig‘ini hosil qilishi mumkin.Undoshlarda esa bu xususiyat yo‘q.
Unli fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsiflari
Unli fonemalarning paradigmatik tavsifi fonemalarning vokalizm sistemasi ichidagi strukturasidan (aloqa-munosabatlaridan) kelib chiqadi.Bunday tavsif ko‘pincha unli fonemalarning bir xil fonetik qurshovdagi funksional jihatlarini qiyoslashga asoslanadi.
Unli fonemalarning sintagmatik tavsifi fonemalarning nutq oqimidagi o‘rni, bo‘g‘in yoki morfema tarkibidagi taqsimoti,kuchli va kuchsiz pozitsiyalardagi holatlari(variantlanishi) bilan bog‘liq tavsifdir.Vokalizm sistemasidagi har bir fonema tavsifi ana shu ikki jihatdan kelib chiqib belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |