.
— yuqori tor, old qator, lablanmagan unli.
Bu fonema so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchraydi; ichki (birinchi va oxirgi bo‘g‘inlarda), tirikchilik (birinchi, ikkinchi, uchinchi va oxirgi bo‘g‘inlarda) kabi. U orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda yo‘g‘on (orqa qator) unli tarzida, boshqa barcha pozitsiyalarda esa ingichka (old qator) unli sifatida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: kïr va qir, tarkib va targ‘ib, himmat va xilvat kabi. Urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanadi: biroq, bilan (bhroq, bhlan) kabi. So‘zning oxiridagi ochiq bo‘g‘inda biroz kengayadi; bordi > borde, ketdi > kette kabi.
«i» fonemasi
Konsonantizm
Konsonantizm hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir. Bu tizim 24 fonemani - b, v, g, d, j, j (dj), z, y, k, 1, m, n, q, p, r, s, t, f,x, ch, sh, q, g‘ h tovushlarini o‘z ichiga oladi.Biroq manbalarda o‘zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22 ta (S. Otamirzayeva, Y. D. Polivanov) , 23 ta (A.K. Borovkov, l.A. Kissen),25 ta (A.N. Kononov, V.V. Reshetov, A. Abduazizov).
Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo ‘ q. -
.
Prof.M.Mirtojiyev fikriga ko‘ra, o‘zbek tili konsonantizmidaquyida 27 ta undosh fonema bor:
m, n , ng, ng‘, r, l, b, p, v, f, d, t, z ,s, j, sh, dj, ch, ts, y, x, g, dz, k, q, g‘, h. Bu tizimda ng‘ (vang‘illamoq, do‘ng‘illamoq, to‘ng‘ so‘zlaridagi chuqur til orqa sonsant) va dz (chetdan olingan familiyalarda qo‘llanadigan affrikata) tovushlarning fonema darajasidagi birliklar qatorida qo‘llanilganini ko‘ramiz
‘
Dostları ilə paylaş: |