Har qanday tilning fonetik-fonologik tizimlari uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida u yoki bu o‘zgarishlarga uchrab turadi.Bunga bir qator omillar sabab bo‘ladi:til va nutq o‘rtasidagi aloqalar, blingvizim sharoitida yuz beradigan tillar substansiyasi ,uning asos tilga ta’siri va hokazolar shular jumlasidandir.Bular orasida konvergensiya,divergensiya va kompensatsiya jarayonlari alohida o‘rin tutadi.
Konvergensiya-(lot.convergere- yaqinlashmoq,birlashmoq).Birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga birlashishi
.
Olimlar G‘.Abdurahmonov va A. Rustamovning fikriga ko‘ra qadimgi turkiy tilda 8ta, eski turkiy tilda 8-9ta unli fonema bo‘lgan bu fonemalar tilning yotiq harakatiga ko‘ra old qator (ingichka) va orqa qator (yo‘g‘on) zidlanishlarni hosil qilib,so‘zlarni va ularninig ma’nolarini farqlash vazifzsini bajargan:yig(yaxshi)-yыg‘(yig‘),sən(sen)-san(son),ot(ot o‘simlik)-ot (olov) kabi.