7-ma’ruza mavzusi: Hozirgi o‘zbek tili vokalizmi va konsonantizmi p f. n. N. G‘. Alavutdinova



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə5/9
tarix26.06.2022
ölçüsü21,52 Kb.
#62309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston milliy universiteti horijy filologiyasi fakulteti O‘-www.genderi.org

.


  • Prof.Sh. Rahmatullayev :” …lablarning qatnashishi daragjasiga va tilning yotiq yo‘nalishidagi harakatga ko‘ra ovoz tovushlar ketma-ket bir xil o‘rin oladi , chunki bu ikki nuqtayi nazarning negizi bir- biri bilan bog‘liq :til old tomon harakatlansa, lablar cho‘chchaymaydi, masalan, i,u tovushlarida bo‘lgani kabi. Ko‘rinadiki, yetakchi, hal qiluvchi deb tilning yotiq yo‘nalishdagi harakatini ko‘rsatish to‘g‘ri.

.


  • Prof.V.V.Reshetov o‘zbek tilining keng o unlisini lablanmagan deb hisoblaydi.Biroq S.Otamirzayeva va A.Mahmudov tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida bu unlinking kuchsiz lablangan ekanligi aniqlangan.Xususan, A.Mahmudov eksperiment ma’lumotlariga tayangan holda o unli tovushining talaffuzida lab ishtirok etadi ,degan xulosaga keladi.

  • Pof. Bosim Toychiboyev «0‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» nomli qo‘llanmasida vokalizm tizimining qadimgi turkiy, eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek adabiy tillaridagi holatlarini diaxron (tarixiy) planda o‘rganilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham, eski o‘zbek adabiy tilida bo‘lganidek, 9 ta unli bor, degan xulosa beriladi. Bu unlilarning sifat belgilari ham boshqacharoq baholanadi.


1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra: a) lablashgan unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz cho‘ziladi;
b)lablashmagan unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi.
2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor boladi; b) o‘rta keng unlilar (e, o‘). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o‘rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o'rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) bo'ladi; d) quyi keng unlilar (a, o).
3. Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o‘, o). 3. Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o‘, o).


Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin