Birinchi postulat. Vaqt birligi oraligida o‘rtachalashtirilgan energiya, bosim yoki boshka kattaliklar qiymatlari ansambl sistemalari sonini cheksizlikka intilgandagi shu kattaliklar bo‘yicha olingan o‘rtacha qiymatga teng.
Bu postulatga ko‘ra ansambl kattaliklarini xisoblash uchun ularning xar-bir kvant xolatidagi qiymatlarini va xar-bir sistemaning shu qiymatga qo‘shayotgan xissalarini bilish kerak.
O‘rganilayotgan ansambl sistemalari bizni qiziqtirayotgan va larga mos keladigan, biz yukorida ko‘rib chiqqan kristall atomlari o‘rtasida kvantlar taqsimotida bo‘lgani kabi, turli kvant xolatlari bo‘yicha turlicha taqsimlangan bo‘lishligi mumkin.
Faraz qilaylikki ansambldagi sistemalardan biri energiyaga, ikkinchisi , uchinchisi , va x.k. energiyalarga ega bo‘lsa shu energiyalarga to‘g‘ri keladigan sistemalar soni va xokazo bilan belgilansindeylik va energiyalar qiymati tartibda joylashgan deylik. Ammo ansambl sistemalarining energiyalari va bir hil energiyaga ega bo‘lgan sistemalar sonini bir tizmga sola olganimiz bilan orqali biz hali hech qanday termodinamik kattaliklar haqida ma’lumot ololmaymiz. Ansambl bo‘yicha o‘rtachalashtirilgan bu miqdorlar ansambldagi har-bir kvant holatiga mos keluvchi sistemalar sonidan bog‘liq bo‘lib ansamblning qaysi a’zosi qanday holatda bo‘lishidan bog‘liq emas.
Alohida olingan har-bir sistemaning kvant holatini ifodalab bera oladigan darajada ansamblni to‘liq yoritilishi sistemalar termodinamik hossalarini aniqlashdan ham ko‘ra ko‘proq ma’lumotlarni berishi mumkin. Ansambl bo‘yicha olingan bu xossalar har-bir kvant holatidagi sistemalar sonidan bog‘liq bo‘lib, qaysi sistema qanday holatda ekanligindan bog‘liq emas. Ansamblni qandaydir holatdagi sistemalar soni orqali ifodalash ansamblning holat sinfini belgilaydi. Bizning yuqoridagi keltirilgan taqsimotimizdagi energiyaga ega bo‘lgan sistemalar soni alohida holat sinflarini tashkil etadilar. Ansamblning sistemalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa sistemalarni ayni bir-hil holat sinflariga yig‘ilish ehtimolligi yana ham oshadi.
Aniqlanayotgan termodinamik kattaliklar aynan eng ko‘p uchrovchi holat sinflari o‘z xissalarini qo‘shadilar. Ansambldagi xar-bir qiymatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo, umumiy holda, taqsimotlar quyidagi tengliklarni qoniqtirishlari shart:
bunda- ansambl sistemalarining umumiy soni,-ansamblning umumiy energiyasi.
O‘rganilayotgan ansamblning termodinamik hossasi uning holat sinfi orqali ifodalanishini hisobga olgan holda biz o‘rganayotgan bosim, energiya yoki boshqa kattaliklarni hisoblash uchun ansambllar konsepsiyasining ikkinchi postulati zarur bo‘ladi.